Ishdan boʻshatilgan xodimlarning shaxsiy yigʻmajildlarini arxivlash: qanday tashkil etish lozim

preview

Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda unga mehnat daftarchasi va buyruqning koʻchirma nusxasi beriladi. Biroq kompaniyada xodimning shaxsiy yigʻmajildi qoladi. Maqolada ishdan boʻshatilgan xodimlarning shaxsiy yigʻmajildlarini qancha vaqt va qanday saqlash lozimligi, shuningdek hujjatlarni arxivga topshirish qoidalari tushuntirilgan.

 

Ishdan boʻshatilgan xodimlarning shaxsiy yigʻmajildlarini qayerda va qanday saqlash kerak 

Xodimning shaxsiy yigʻmajildi u bilan mehnat shartnomasi tuzilayotgan vaqtda yaratiladi. Butun ish davri mobaynida xodimning shaxsiy yigʻmajildi uning mehnat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan maxfiy hujjatlar bilan toʻldirib boriladi:

  • soʻrovnomalar;
  • buyruqlarning koʻchirma nusxalari;
  • tavsifnomalar;
  • qoʻshimcha kelishuvlar;
  • attestatsiya varaqalari va boshqalar bilan.

Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin, ish beruvchi uning shaxsiy yigʻmajildini kadrlar arxivida saqlashi shart.

Xodimlarning shaxsiy yigʻmajildlarini saqlashda, ushbu hujjatlar maxfiy axborotni oʻz ichiga olishi sababli, ulardan foydalanish imkoniyatiga cheklangan doiradagi shaxslar ega boʻlishini hal qilish lozim. Shu bois saqlash uchun alohida xonadan yoki maxsus moʻljallangan shkaf va seyflardan foydalaniladi. Shaxsiy yigʻmajildlar bilan faqat lavozim yoʻriqnomalariga shunday majburiyat kiritilgan xodimlargina ishlashi mumkin. Saqlash uchun javobgar etib kadrlar boʻlimi rahbari tayinlanadi. Bunday shtat birligi mavjud boʻlmagan taqdirda esa – kadrlarga oid hujjatlarni yurituvchi xodim javobgar hisoblanadi.

Muhim

Shaxsiy yigʻmajildda xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlarini oʻz ichiga olgan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini: pasport yoki ID-karta, diplomlar, nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma, harbiy guvohnoma, tugʻilganlik va oʻlim haqidagi guvohnomalarning nusxalarini saqlash taqiqlanadi.

Agar tekshiruv chogʻida Davlat mehnat inspeksiyasi shaxsga doir ma’lumotlar mavjud boʻlgan hujjat nusxalarini aniqlasa, korxona rahbariyatini ma’muriy javobgarlikka tortishga haqli –BHMning 50 baravari miqdoridagi jarimaga .

 

Ishdan boʻshatilgan xodimlarning shaxsiy yigʻmajildlarini qancha vaqt saqlash lozim

Korxonaning kadrlar arxivida mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarning shaxsiy yigʻmajildlari 1 yil davomida saqlanadi. Soʻngra shaxsiy yigʻmajildlar korxona arxiviga topshiriladi. Agar bunday arxiv mavjud boʻlmasa, shaxsiy yigʻmajildlarni shahar yoki tuman arxiviga depozitar saqlash uchun topshirish mumkin .

Vnimaniye

Ishdan boʻshatilgan xodimning shaxsiy yigʻmajildi u boʻyicha ish yuritish yakunlangan kundan e’tiboran uch yil ichida davlat arxiviga topshirilishi kerak.

Korxona xodimlarining shaxsiy yigʻmajildlari davlat arxivlarida 75 yil davomida saqlanadi . Saqlash muddati xodim ishdan boʻshatilgan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan boshlanadi.

Rekomendatsiya

Kadrovik PRO tizimi ekspertlari xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlarini qanday saqlash va ulardan qanday foydalanish kerakligini tushuntirib berdilar

 

Ishdan boʻshatilgan xodimlarning shaxsiy yigʻmajildlarini arxivga qanday topshirish kerak 

Shaxsiy yigʻmajildni arxivga topshirish uchun, uni toʻgʻri tayyorlash zarur. Buning uchun quyidagilarni bajarish lozim:

  1. Barcha sahifalarning raqamlanishini tekshirish.
  2. Ichki roʻyxatni tekshirish yoki, u mavjud boʻlmasa, uni tuzish.
  3. Uni tuzgan xodimning imzosi bilan tasdiqlovchi varaqni rasmiylashtirish.
  4. Barcha sahifalarni toʻrt joyidan teshib, qattiq yigʻmajildga tikish yoki sifatli muqovalash. Hech qanday qisqich va zajimlar boʻlmasligi kerak. Roʻyxat – titul varagʻi, tasdiqlovchi varaq esa – oxirgi varaq hisoblanadi.
  5. Old muqovada: yigʻmajildni yopish sanasini, roʻyxat va tasdiqnoma bilan birgalikda varaqlar sonini, shaxsiy yigʻmajildni saqlash muddatini koʻrsatish.

Eslatib oʻtamiz

Shaxsiy yigʻmajildni arxivlash uchun tayyorlash – bu kadrlar boʻlimi yoki kompaniyada kadrlarga oid hujjatlarni yurituvchi xodimning majburiyatidir.

Shaxsiy yigʻmajildni arxivga qabul qilish-topshirish tartib-taomilining oʻzi shaxsiy yigʻmajild mavjudligi qayd etilgan roʻyxat boʻyicha amalga oshiriladi. Arxiv xodimi roʻyxatning toʻgʻri tayyorlanganligini, unda taqdim etilgan barcha hujjatlarning mavjudligini, rasmiylashtirilganligi va tasdiqlanganligini tekshiradi. Agar tekshiruv chogʻida kamchiliklar yoki xatolar aniqlangan boʻlsa, ularni korxonaning kadrlar boʻlimi bartaraf etadi.,

 

kadrovik.uz

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish - mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asoslar va mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni mehnat shartnomasini bekor qilish, oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asoslar. Mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni. Bu erda mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek, mehnat shartnomasini bekor qilish sabablari /oz/publish/doc/text216514_ishdan_bushatilgan_hodimlarning_shahsiy_yigmajildlarini_arhivlash_qandaytashkil_etish_lozim