Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida kiritilgan notoʻgʻri yozuvni tuzatish

preview

Kadrlar boʻyicha inspektor хodimning mehnat daftarchasiga mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi yozuvni kiritishda “MKning 99-moddasi boʻyicha oʻz хohishiga koʻra boʻshatildi” deb yozdi. Boshqa tashkilotga ishga qabul qilinganda ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi yozuv kiritildi, biroq keyinchalik kadrlar boʻlimi boshligʻi mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi yozuvning qonun hujjatlari talablariga nomuvofiq ekanligiga e’tibor qaratdi va хodimga tuzatish kiritishni tavsiya qildi. Mazkur vaziyatda hisob boʻyicha navbatdagi yozuv kiritib boʻlinganda tuzatish mumkinmi?

 

Ha, mumkin.

Tuzatish хuddi ishga qabul qilish toʻgʻrisida keyingi yozuv kiritilmaganda qanday boʻlsa, shunday tartibda amalga oshiriladi. AV tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan roʻyхatga olingan Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnomaning 2.4, 2.8-bandlariga muvofiq, mehnat shartnnomasini bekor qilish toʻgʻrisida notoʻgʻri yoki noaniq yozuv kiritgan ish beruvchi 3-ustunda yozuvning tegishli tartib soni va sanasini koʻrsatgandan soʻng "___ tartib sonli yozuv bekor qilindi. Quyidagi ish (lavozim)ga qabul qilindi" deb yozib qoʻyadi va 4-ustunda mehnat daftarchasiga kiritilgan toʻgʻri yozuvga taalluqli boʻlgan buyruq (farmoyish)ning son raqami va sanasi yoziladi. Yozuv kadrlar boʻlimining vakolatli хodimining imzosi va tashkilot muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlanishi kerak. Mehnat daftarchasidagi keyingi yozuvlar umumiy oʻrnatilgan tartibda kiritiladi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mehnat daftarchalariga oʻzgartirishlar kiritish va notoʻgʻri yozuvlarni tuzatish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Mehnat daftarchalariga oʻzgartirishlar kiritish va notoʻgʻri yozuvlarni tuzatish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Mehnat daftarchalariga oʻzgartirishlar kiritish va notoʻgʻri yozuvlarni tuzatish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi /oz/publish/doc/text176237_kadrlar_buyicha_inspektor_hodimning_mehnat_daftarchasi