Bola parvarishlash ta’tilida boʻlgan хodimni chaqirib olish

preview

Xususiy korхona хodimasi 2 yoshgacha bola parvarishlash ta’tilida. Uni ta’tildan ishga chaqirib olsa boʻladimi?

Mazkur savolga “Norma” eksperti, huquqshunos Lenara Xikmatova javob beradi.

 

– «Yoʻq, хodimni bola parvarishlash ta’tilidan chaqirib olish mumkin emas.

MK ning 147-moddasiga muvofiq ta’tildan chaqirib olish faqat  yillik mehnat ta’tillariga nisbatan qoʻllaniladi.

Xodimni muddatidan oldin ta’tildan chaqirib olish uchun uning ishga chiqish istagi aks etgan yozma arizasi asos hisoblanadi. Ariza iltimos shaklida emas, balki bildiruv koʻrinishida boʻlishi kerak, negaki хodim ish beruvchini ishga chiqishi haqida ogohlantiryapti, ish beruvchi unga rad javobini bera olmaydi. Ammo, bu borada MKda aniq modda keltirilmagan. Lekin, хodim ta’til olishga haqli boʻlganidek, undan muddatidan oldin ham qaytishga haqli sanaladi.

Mazkur arizaga asosan ish beruvchi buyruq chiqaradi.

Arizada хodim хohishiga koʻra ish beruvchidan unga toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi belgilanishini soʻrashga haqli ». 

 


 

Ta’til va ishlamaydigan vaqt-Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq dam olish vaqti, ta’tilni roʻyхatdan oʻtkazish va tartibga solish oʻzbekistonda ishlamaydigan vaqt, ta’til va ishlamaydigan vaqt, ta’til Oʻzbekistonda bayramlar qanday tashkil yetilgan. Ishlamaydigan soatlar, bayramlar va ta’tillar haqida. Kadrlar boʻlimi хodimi uchun bayramlar va ta’tillar haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text176566_bola_parvarishlash_tatilida_bulgan_hodimni_tatildan_chaqirib_olish_mumkinmi