SUD AMALIYoTI: xodimga xatolik sabab ish haqi koʻproq toʻlangan

preview

Ish beruvchi va xodim tomonlarning kelishuviga asosan mehnat shartnomasini bekor qilishdi. Keyinroq hisobdagi xatolik natijasida xodimga ortiqcha ish haqi toʻlanganligi aniqlandi. U ortiqcha summani qaytarishdan bosh tortdi, ish beruvchi fuqarolik ishlari boʻyicha sudga ushbu summani undirish toʻgʻrisida da’vo bilan murojaat qildi.

 

Da’vogarning pozitsiyasi

Xodimga adashib koʻproq toʻlangan. Ortiqcha summa xodimdan ish beruvchi foydasiga undirilishi lozim.

 

Javobgarning pozitsiyasi

Javobgar oʻzining pozitsiyasiga dalil keltirmadi hamda sud sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabordor qilinganiga qaramay sud yigʻilishiga kelmadi.

 

Sudning hal qiluv qarori

Sud da’vo talablari qanoatlantirilishi va xodimdan ish beruvchi foydasiga ortiqcha toʻlangan summa undirilishi haqida qaror chiqardi.

 

Sud qarorini asoslantirish

MK 153-m.ga asosan mehnat haqi miqdori ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi.

MK ning 164-m. 2-q. 3-b. da xodim roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha toʻlangan summa qaytarib olish uchun ushlab qolinishi koʻrsatilgan. Bunday hollarda ish beruvchi haq toʻlash notoʻgʻri hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan ushlab qolish toʻgʻrisida farmoyish berishga haqli.

Agar bu muddat oʻtib ketgan boʻlsa yoki xodim ushlab qolish asossiz yoki miqdori notoʻgʻri deb hisoblasa, qarz sud tartibida undiriladi.

Ish davri davomida ish beruvchi xodimga ish haqini ortiqcha miqdorda toʻlaganligi uchun ortiqcha summa xodimdan ish beruvchi foydasiga undirilishi lozim.


Ekspert sharhi

Mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasida ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi .

Ortiqcha toʻlangan summa xodim uchun asossiz boyish hisoblanadi. FKning 1023-m. ga asosan qonunchilikda yoki bitimda belgilangan asoslarsiz boshqa shaxs (jabrlanuvchi)ning hisobidan mol-mulkni egallab olgan yoki tejab qolgan shaxs (qoʻlga kirituvchi) asossiz egallab olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni (asossiz orttirilgan boylikni) jabrlanuvchiga qaytarib berishi shart, FKning 1030-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

FKning 1030 moddasida asossiz orttirilgan boylik sifatida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablagʻlari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar boʻlmaganda qaytarib berilmaydi.

 

Ekspert tavsiyalari

Agar hisobda xatolik aniqlangan va ortiqcha summalar toʻlangan boʻlsa, ish beruvchi bir oy muddatda buxgalteriyaga ortiqcha toʻlangan summani ushlab qolish toʻgʻrisida farmoyish berishi (yoki buyruq chiqarishi) lozim.

Agar ish beruvchi bir oylik muddatni oʻtkazib yuborsa yoki xodim ushlab qolishni asossiz yoki miqdori notoʻgʻri deb hisoblasa yoxud mehnat shartnomasini bekor qilayotganda yakuniy hisob-kitob summasi ushlab qolish summasini qoplamasa va xodim mablagʻlarni qaytarishdan bosh tortsa, qarz sud tartibida undiriladi.

Ish beruvchi ortiqcha toʻlangan summani xodimning keyingi oylar uchun mehnat haqidan ushlab qolishga haqli. Ushlab qolinadigan ish haqining umumiy miqdori xodimga tegishli boʻlgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi kerak .

 

Oʻzbekistonda kadrlar boʻyicha xodim uchun sud amaliyoti-tashkilotdagi mehnat nizolari, xodimlarni hisobga olishni boshqarish boʻyicha sud jarayoni mehnat nizolari boʻyicha sud amaliyoti, mehnat nizolarini sud orqali hal qilish Mehnat nizolarida sud amaliyoti. Sudda qanday mehnat nizolari koʻrib chiqiladi. Bu yerda siz sudda hal qilinayotgan kadrlar masalalari haqida ma’lumot topishingiz mumkin. Sudlar va xodimlarning yozuvlarini boshqarish haqida oʻqing kadrovik.uz /oz/publish/doc/text176576_sud_amalieti_hodimga_hatolik_sabab_ish_haqi_kuproq_tulangan