Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida» Farmon imzolandi. Shu munosabat bilan 5 kunlik va 6 kunlik ish haftasidagi ish vaqti qanday oʻzgarishiga «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES aniqlik kiritdi:
– «Oʻzbekistonliklar 5 kalendar kuni davomida uzluksiz dam olishadi – 2021 yilning 31 dekabridan 2022yilning 4 yanvarigacha:
-
2021 yil 31 dekabr – har qanday ish rejimida ishlovchi хodimlar uchun qoʻshimcha ishlanmaydigan kun
.
-
2022 yil 2 yanvar – kalendarga koʻra yakshanba, barcha rejimda ishlovchilar uchun umumiy dam olish kuni
;
-
2022 yil 3 yanvar – barcha rejimda ishlovchilar uchun qoʻshimcha ishlanmaydigan kun
;
-
2022 yil 4 yanvar – 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun qoʻshimcha ishlanmaydigan kun, 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun – bu 2022 yil 8 yanvardan (shanba) koʻchirilgan dam olish kuni. Ya’ni, «besh kun» ishlaydiganlar bu kunni 2022 yilning 8 yanvar shanba kuni ishlab berishlari kerak boʻladi, «olti kunlik»larga bu qoida amal qilmaydi, chunki shanba ular uchun har doim ish kuni sanaladi.
– 2021 yilning dekabridan 2022 yilning yanvarigacha boʻlgan, 35-son PF chiqqunga qadar rasmiylashtirilgan ta’tillar qanday tartibga solinadi? Ta’til kunlarini hisoblashda qanday dam olish kunlari hisobga olinadi?
– Bunday ta’tillarning davomiyligini hisoblashda quyidagilar kiritilmaydi: 2021 yil 31 dekabr, 2022 yil 1, 2 va 3 yanvar.
2022 yilning 4 yanvar kuni 5 kunlik ish haftasi ta’til kunlari hisob-kitobiga kiritiladi, chunki u 2022 yil 8 yanvar (shanba) bilan almashtirilgan . Barcha ish rejimlari uchun ta’tillar esa ish kunlarida kalendar boʻyicha 6 kunlik ish haftasi hisob-kitobidan hisoblanadi . 6 kunlik ish haftasi uchun 2022 yilning 4 yanvar kuni qoʻshimcha dam olish kuni va shu bois ta’til kunlari hisobiga kiritilmaydi.
.
35-son PF chiqqunga qadar хodimga ta’til berilar ekan, davomiyligini hisoblashda quyidagilar kiritilmasligi ma’lum edi:
-
31 dekabr – qoʻshimcha ishlanmaydigan kun 6122-son PF;
-
1 yanvar – bayram kuni MK 131-m;
-
2 yanvar – yakshanba (hamma uchun umumiy ishlanmaydigan kun).
Shunga asosan bu kunlar ta’tillar davomiyligini hisoblashga kiritilmadi.
Endi, Farmon chiqqandan soʻng, хodimlarning ta’tildan chiqish sanalarini oʻzgartirgan holda ish vaqtini hisoblash jadvaliga tuzatish kiritish toʻgʻrisida buyruq chiqaring: - 5 kunlik ish haftasida - 2022 yil 3 yanvardagi dam olish kuni hisobiga bir ish kuniga kechroq; - 6 kunlik ish haftasida 2022 yil 3 va 4 yanvar kunlari dam olish hisobiga 2 ish kuniga kechroq.
2021 yil dekabr uchun ish vaqtining hisobi:
-
5 kunlik ish haftasi – 21 ish kuni, 167 soat.
-
6 kunlik ish haftasi – 25 ish kuni, 166 soat ( 40 soatlik ish haftasida) va 149 soat (36 soatlik ish haftasida).
2022 yil yanvar oyi uchun ish vaqti hisobi:
-
5 kunlik ish haftasi – 20 ish kuni, 160 soat.
-
6 kunlik ish haftasi – 23 ish kuni, 153 soat (40 soatlik ish haftasida) va 138 soat (36 soatlik ish haftasida).
2012.2021 y 35-son PF 3-b.ga asosan Farmonning 1-b. a qismi bilan belgilangan qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar byudjet tashkilotlarida yillik mehnat ta’tilining muddati 5 ish kuniga qisqartirish yoʻli bilan qoplanadi.
Qisqartirilgandan keyin ta’tilning davomiyligi 15 ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.