Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
2021 yil 31 dekabr qoʻshimcha ishlanmaydigan kun hisoblanadi. Shu munosabat bilan 2021 yil 30 dekabrdagi kundalik ishning davomiyligi qisqaradimi?
Bu savolga “Norma” eksperti Lenara Hikmatova javob beradi:
– “Haqiqatdan ham Prezidentning 2021 yil 10 maydagi PF-6222-sonli qarori bilan 2020 yil 3 dekabrdagi PF-6122-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, 31 dekabr qoʻshimcha ishlanmaydigan kun deb e’lon qilindi.
Mehnat kodeksining 121-moddasiga asosan kunlik ishning (smenaning) davomiyligi belgilangan bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kamida 1 soatga kiskartiriladi MK 131-m. Ushbu makola yuzasidan bizni qiziqtirgan bayram kuni - 1 yanvar (Yangi yil). Ushbu bayram arafasidagi kun – 31 dekabr. PF-6122-son qaroriga muvofik, u ishlanmaydigan kun sanaladi, lekin ayni paytda u MK 131-m.da nazarda tutilgan bayramlar roʻyxatiga kiritilmagan. Shunga koʻra, 2021 yil 30 dekabr xodimlarning kiskartirilmagan, oddiy ish kuni sanaladi. Shunday kilib, 2021 yil dekabr oyida - 167 ish soati bor.
Shu bilan birga, tashkilotlar mustaqil ravishda - moliyaviy imkoniyatlari va ishlab chiqarish sharoitlaridan kelib chiqib, MKning 4-m 2-kismiga muvofiq xodimlar uchun qisqa ish kunini belgilashlari mumkin ".