Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
MKning 121-moddasiga asosan bayram arafasida kundalik ish (smena) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga kiskartiriladi. 2022 yilda bizni kanday kiskartirilgan ish kunlari kutmokda?
Oʻzbekistonda bayram kunlari:
- 1 yanvar - Yangi yil;
- 8-mart – Xotin-qizlar kuni;
- 21 mart – Navroʻz;
- 9-may – Xotira va qadrlash kuni;
- 1 sentyabr – Mustaqillik kuni;
- 1 oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
- 8 dekabr – Konstitutsiya kuni;
- “Roʻza hayit” (Iyd-al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
- “Qurbon hayit” (Iyd-al-Adхa) diniy bayramining birinchi kuni.
Ish kuni (smena) bayramdan oldin kelganda ish vaqti qisqartiriladi, agar ish kunidan (smenada) keyin avval dam olish kuni va undan keyin bayram kuni kelsa, kiskartirilmaydi.
Bayramlar arafasida ish vakti nafaqat oddiy ish vaqtiga ega boʻlgan ishchilar, balki ish vaqti qisqartirilgan (voyaga yetmaganlar, nogironlar va boshqalar) uchun ham kisqartiriladi.
Bayram arafasidagi kun
|
Qisqartirilgan yoki yoʻq |
Bayram sanasi |
Bayram nomi |
7 mart (dushanba) |
Ha
|
8 mart |
Xotin-qizlar kuni |
20 mart (yakshanba) |
yoʻq
2022 yil 20 mart – yakshanba ishlanmaydigan kun 18 mart (juma) 5 kunlik ish haftasida va 19 mart (shanba) 6 kunlik ish haftasida qisqartirilmaydi, chunki bu kunlar bayram arafasidagi kun hisoblanmaydi.
|
21 mart |
Navroʻz |
2 may (dushanba)
|
Ha, agar bayram sanasi oldinroqqa oʻzgarmasa |
3 may |
“Roʻza hayit” (Iyd-al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni |
8 may (yakshanba)
|
Yoʻq
2022 yil 8 may – yakshanba ishlanmaydigan kun 6 may (juma) 5 kunlik ish haftasida va 7 may (shanba) 6 kunlik ish haftasida bayram arafasidagi kun boʻlmagani uchun qisqartirilmaydi
|
9 may |
Xotira va qadrlash kuni |
9 iyul (shanba) |
Ha – 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun Yoʻq – 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun
|
10 iyul |
“Qurbon hayit” (Iyd-al-Adхo) diniy bayramining birinchi kuni |
31 avgust (chorshanba)
|
Ha |
1 sentyabr |
Mustaqillik kuni |
30 sentyabr (juma) |
Ha |
1 oktyabr |
Oʻqituvchi va murabbiylar kuni |
7 dekabr (chorshanba) |
Ha |
8 dekabr |
Konstitutsiya kuni |
31 dekabr (shanba) |
Yoʻq 2022 yil 31 dekabr qoʻshimcha dam olish kuni deb e’lon qilingan, bu kun qisqartirilmaydi, chunki bayram arafasidagi kun emas.
|
1 yanvar |
Yangi yil |
Valeriya Lyandres
"Norma" eksperti