Direktor "kasallik ta’tilini" "ishlab berishni" talab qilsa...

preview

Ma’muriyat "kasallik ta’tilida" oʻtgan kunlarni ishlab berishni talab qildi. Bu talab qonuniymi, xodim uni bajarishga majburmi? Agar xodim bu soatlarni boshqa kunlari ishlab berish orqali toʻldirsa, ularga haq toʻlanadimi? Ish beruvchi vaqtinchalik ishga layoqatsizlik nafaqasini toʻlashdan bosh tortishga haqlimi?  

 

 Ma’muriyatning talabi qonunga zid. Na Mehnat kodeksi, na boshqa qonun hujjatlari vaqtinchalik ishga layoqatsizlik davriga toʻgʻri kelgan kunlar uchun ishlab berishni nazarda tutmaydi. Xodim  "kasallik ta’tili"dan chiqqandan keyin bajargan ishi uchun umumiy asosda mehnatga haq toʻlashning belgilangan shartlariga muvofiq ish haqi oladi .    

Agar xodim qoʻshimcha ravishda, ya’ni unga belgilangan kundalik ishdan ortiqcha ishlaydigan boʻlsa, bu ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi .

Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq ish vaqtidan tashqari ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi.

Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda ish vaqtiga haq toʻlanishidan qat’iy nazar toʻlanadi.


Oʻzbekistonda ish haqi - xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar, xodimlarga barcha turdagi toʻlovlar oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash turlari, oʻzbekistonda haq toʻlash shakllari, ish haqi va boshqa toʻlovlar Oʻzbekistonda xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar. Bu yerda siz Oʻzbekistondagi ish haqi va xodimlarga toʻlanadigan boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Tashkilotlarda turli xil toʻlovlar qanday amalga oshiriladi va kadrlar boʻlimi xodimi nimani bilishi kerak /oz/publish/doc/text177477_direktor_kasallik_tatilini_ishlab_berishni_talab_qilsa