Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Xodimning mehnat shartlarini oʻzgartirishni talab etish huquqi
Xodimning mehnat shartlarini oʻzgartirish yoki vaqtinchalik boshqa ishga oʻtkazish boʻyicha arizasini uzrli sabablar boʻlsa va korxonada shunday imkoniyat mavjud boʻlsa, qanoatlantirish mumkin. Lekin mehnat shartlarini quyidagi holatlarda oʻzgartirishingiz lozim:
- agar xodim sogʻligi holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli boʻlgan ishga oʻtkazishga muhtoj boʻlsa. Xodimning iltimosini qanoatlantirishga tibbiy xulosa asos boʻlib hisoblanadi. Xodimni vaqtinchalik yoki nomuayyan muddatga oʻtkazing. Agarda bunday ish uchun kamroq haq toʻlanadigan boʻlsa, ikki hafta mobaynida xodimning oldingi oʻrtacha oylik ish haqini saqlab turing
. Agar kamroq haq toʻlanadigan ishga oʻtkazish ish bilan bogʻliq mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi tufayli yuzaga kelsa, xodimga oldingi ish haqi bilan yangi ishida oladigan ish haqi oʻrtasidagi farqni toʻlab bering. Farqni mehnat qobiliyati tiklanguniga yoki nogironlik belgilangunga qadar toʻlab bering
. - TMEK tavsiyasiga koʻra nogironligi boʻlgan xodimga toʻliqsiz ish vaqti rejimi oʻrnatish, uning vazifasini kamaytirish va hokazo;
- homilador ayollarga. Ularning iltimosiga koʻra toʻliqsiz ish kunini yoki haftasini belgilang
. Tibbiy xulosaga muvofiq ishlab chiqarish/xizmat koʻrsatish normalarini kamaytiring yoki vaqtinchalik yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli boʻlgan ishga oʻtkazing. Ishga oʻtkazilgan muddat mobaynida oldingi ishi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqini saqlab qoling
. Boshqa ishga oʻtkazish masalasi hal etilgunga qadar, ana shu sababdan ishga chiqmagan barcha ish kunlari uchun oʻrtacha oylik ish haqini saqlagan holda ishdan ozod eting
; - agarda korxona byudjetdanmoliyalashtiriladigan hamda 3 yoshga toʻlmagan bolalari bor xodimalar boʻlsa, ularga ish vaqtining haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan ish vaqtini belgilang
; - 2 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarga. Ularning oldingi ishini bajarishi mumkin boʻlmagan holatlarda yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli boʻlgan ishga oʻtkazing. Bolasi 2 yoshga toʻlguniga qadar avvalgi ishidagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini saqlang;
- 14 yoshga toʻlmagan bolasi (16 yoshga toʻlmagan nogiron bolasi) bor ayollarga, shu jumladan oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band boʻlgan shaxslarga (tibbiy xulosaga muvofiq) ularning iltimosiga koʻra toʻliqsiz ish kuni yoki ishlab berilgan vaqtiga proporsional toʻlanadigan toʻliqsiz ish haftasini belgilang
; - ishni oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida oʻqish bilan olib borayotgan shaxslarga. Ular uchun diplom loyihasini (ishini) bajarish yoki bitiruv imtihonlari topshirishdan oldingi 10 oʻquv oyi davomida oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ish vaqtini qisqartiring. 6 kunlik ish haftasi boʻlganda haftada bir kun ishdan ozod eting, ish haftasi 5 kunlik boʻlsa, ishdan ozod etiladigan kunlar miqdori ish smenasining muddatiga qarab oʻzgaradi, ishdan ozod etiladigan soatlar miqdori esa saqlanib qoladi
; - jamoa shartnomasida, boshqa lokal hujjatlarda
yoki mehnat shartnomasida belgilangan asoslar mavjud boʻlganda
.
Agarda xodim mehnat shartlarini oʻzgartirish boʻyicha yozma ariza bergan boʻlsa
, sabablarini koʻrsatganligini tekshiring va tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiling. Masalan, tibbiy xulosa, TMEK tavsiyasi, oilaning betob a’zosini parvarish qilish toʻgʻrisida ma’lumotnoma, bola guvohnomasi va hokazo. Agar hujjatlar boʻlmasa yoki ular qalbaki/soxta boʻlsa, iltimosni rad eting. Ariza boʻyicha qarorni u berilgan kalendar sananing keyingi kunidan boshlab
. 3kun ichida qabul qiling
. Ariza berilgan kun deb uni kadrlar boʻlimi, qabulxona kotibasi yoki boshqa mas’ul shaxsga berilgan va uning imzosi (muhri) bilan tasdiqlangan kun hisoblanadi.
3 kunlik muddat kalendar kunlarida sanaladi. Unga korxona uchun ish kuni boʻlmagan kunlar ham kiradi
. Ammo, muddatning soʻnggi kuni ishlanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi
.
Masalan, xodim chorshanba kuni kadrlar boʻlimiga uning mehnat shartlarini oʻzgartirish boʻyicha ariza berdi. Uni ish beruvchi tomonidan koʻrib chiqish kuni payshanba kuni boshlanadi va shanba kuni tugaydi. Agarda korxonada ish haftasi 5 kunlik 8 soatlik ish kuni belgilangan boʻlsa, ish beruvchi ariza boʻyicha qarorni dushanbadan kechiktirmay chiqarishi lozim.
Ariza qanoatlantirilganda mehnat shartnomasi shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida kelishuv va buyruqni rasmiylashtiring. Agarda oʻzgartiriladigan shartlar shartnomada koʻrsatilmagan va boshqa hujjatlar asosida qoʻllanilganda faqatgina buyruq chiqaring
. Zaruriyat boʻlganda lokal hujjatlarni oʻzgartiring. Yangi shartlar kuchga kiradigan sanani koʻrsating. Xodimni buyruq bilan tanishtiring va imzo qoʻydiring.
. Agarda xodimning mehnat shartlarini oʻzgartirish boʻyicha iltimosini qanoatlantirishni rad etsangiz, rad etish sabablarini yozma shaklda ma’lum qiling. 