Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Ishlab chiqarish korxonasining yangi direktori mehnatni muhofaza qilish xizmatini foydasiz deb hisobladi va uni xoʻjalik sub’yekti tarkibidan chiqarib tashladi. Uning harakatlari qonuniymi? Bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
- Savolning javobi xodimlar soniga bogʻliq.
Agar ishlab chiqarish korxonasida 50 va undan ortiq kishi ishlayotgan boʻlsa, rahbarning harakatlari noqonuniy.
"Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Qonunning 12-moddasi 1-qismiga koʻra, bunday korxonada mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etilishi yoki tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mehnat muhofazasi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etilishi lozim.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassisining vazifalarini tashkilot xodimlaridan biriga – uning roziligi bilan bir necha kasbda ishlash yoki oʻrindoshlik tartibida yuklang.
Buni toʻgʻri amalga oshirish haqida batafsil bu yerda oʻqing.
Agar xodimlar 50 kishidan kam boʻlsa, direktor hech qanday talablarni buzmagan. Bu vaziyatda tashkilot oʻz xohishiga koʻra faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil qilish yoki mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassisi lavozimini joriy etish masalasini hal qiladi.