Majburiy ta’til rad etilganda ish beruvchining harakatlari

preview

Korxonada buyurtmalar yoʻqligi bois bir qator xodimlarga topshiriq berishning iloji yoʻq. Muassislar vaziyat yaxshilanishiga umid bogʻlab, xodimlar sonini qisqartirish yoki firmani yopish kabi favqulodda choralarni koʻrmoqchi emas. Direktorga xodimlar bilan 3 oy muddatga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish toʻgʻrisida ariza topshirish yuzasidan suhbat oʻtkazish topshirildi. Xodimlardan bir qismi bekor turib qolingan vaqt uchun kompensatsiya toʻlashni talab qilmoqda.

Ulardan ariza berishni talab qilish qonuniymi? Xodimlar ta’tilga chiqishni uzil-kesil rad etganda ish beruvchi qanday yoʻl tutadi?

 

Yoʻq, direktor xodimdan ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish toʻgʻrisidagi arizani berishni talab qilishga haqli emas. Ta’tilga chiqish xodimning majburiyati emas, balki huquqi hisoblanadi .

Mazkur harakat mehnatga oid qonun hujjatlarini buzish hisoblanib, direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasiga koʻra javobgarlikka tortilishiga sabab boʻlishi mumkin.

Bunda tashkilot rahbariyati tomonidan xodimlarga oʻz xohishiga koʻra ariza berish toʻgʻrisida taklif berilishi, xodim tomonidan taklif qilingan shartlar qabul qilinishi qoidabuzarlik hisoblanmaydi.

Xodimlar ish haqi saqlanmagan holda ta’tilga chiqishni rad etsa, ish beruvchi ishlab chiqarish zaruriyati munosabati bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtirgan holda ularga korxonada mavjud boʻlgan boshqa ishni taklif qilishi (Mehnat kodeksining 95-moddasi birinchi qismi) yoki bekor turib qolingan vaqtni rasmiylashtirib, bu vaqt uchun oʻrtacha ish haqi miqdorida haq toʻlashi shart .

 

 

 

Ish xaqi saqlanmagan xolda beriladigan ta’tilni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Ish xaqi saqlanmagan xolda beriladigan ta’tilni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Ish xaqi saqlanmagan xolda beriladigan ta’tilni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi /oz/publish/doc/text177911_majburiy_tatil_rad_etilganda_ish_beruvchining_harakatlari