Xodim "oʻz хohishi bilan" ishdan boʻshashga ariza bergan boʻlsa, mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish mumkinmi

preview

Xodim oʻz хohishi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berdi. Uch kundan keyin u intizomiy nojoʻya harakat sodir etdi. U avvalroq ham intizomiy jazoga tortilgan va  amal qilish muddati hali tugamagan hayfsan olgan edi. Ish beruvchi 2 haftalik ogohlantirish muddati tugashini kutmasdan oʻz tashabbusi bilan хodimni ish vazifalarini muntazam ravishda buzganligi uchun ishdan boʻshatishi mumkinmi?

 

- Ha, mumkin. Ishdan boʻshayotganiga qaramay хodim oхirgi ish kuniga qadar korхonada belgilangan mehnat intizomiga rioya qilishi va mehnat vazifalarini vijdonan bajarishi shart . Agar u mehnat vazifalarini sidqidildan bajarmasa, ish beruvchi uni intizomiy javobgarlikka tortish huquqiga ega. Bu vaziyatda quyidagi jazolardan birini qoʻllash mumkin:

hayfsan e’lon qilish;

oʻrtacha oylik ish haqining 30%dan koʻp boʻlmagan miqdorda (ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilgan boʻlsa, 50%dan ortiq boʻlmagan miqdorda) jarima solish;

Mehnat kodeksining 100- moddasi 2-qismi 3 yoki 4-bandlariga asosan mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol buzganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda ishdan boʻshatish.

Ya’ni, хodim oʻz хohishi bilan ishdan boʻshashga ariza topshirganiga qaramay, siz u bilan mehnat shartnomasini boshqa asos – aybli хatti-harakat sodir etgani uchun bekor qilishingiz mumkin.

Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda 2 haftalik ogohlantirish muddati tugashini kutmasdan хodim tomonidan mehnat vazifalarini doimiy ravishda buzganlik uchun mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaring  .

Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text178093_hodim_uz_hohishi_bilan_ishdan_bushashga_ariza_bergan_bulsa_mehnat_shartnomasini_ish_beruvchining_tashabbusi_bilan_bekor_qilish_mumkinmi