Dekabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Ichki mehnat tartibi qoidalarida ish beruvchining farmoyishlariga boʻysunmaslik mehnat intizomini bir marta qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanishi koʻzda tutilgan. Xodim ta’til vaqtida ish beruvchidan muddatidan oldin ishga chiqish toʻgʻrisida farmoyish oldi, biroq uni bajarishdan bosh tortdi. Ish beruvchi bu vaziyatda хodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlimi?
- Yoʻq, haqli emas. Mehnat kodeksining 147-moddasiga koʻra, ta’tildan chaqirib olishga faqat хodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Demakki, ish beruvchining farmoyishini bajarish yoki bajarmaslik хodimning huquqidir.
Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 176-moddasi 1-qismiga koʻra хodimning majburiyatlariga ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish kiradi. Koʻrilayotgan vaziyatda ish beruvchining farmoyishi qonunga zid boʻlib, uni bajarish хodimning qonunda belgilangan vazifalariga kirmaydi.