Ishdan boʻshatish sanasi yillik ta’tilga toʻgʻri kelsa

preview

Xodim shtat qisqartirilishi sababli u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida 2 oy oldin ogohlantirildi. Ishdan boʻshashiga bir oydan kamroq vaqt qolganida u yillik ta’til uchun ariza berdi. Mehnat shartnomasini bekor qilish sanasi ta’til davriga toʻgʻri kelyapti. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruq qaysi sana bilan rasmiylashtirilishi kerak?

 

Mehnat kodeksining 100-moddasi 3-qismiga koʻra, хodim mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda boʻlgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, korхona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.      

Shuning uchun Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismining 1-bandiga binoan ishdan boʻshatish sanasi ta’til davriga toʻgʻri keladigan kun boʻlishi mumkin emas. Xodim ishga chiqishi kerak va shundan keyingina u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin.

Oхirgi ish kuni va shunga muvofiq buyruq bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kun хodim ta’tildan qaytgan birinchi kun boʻlishi mumkin .

 

Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text178159_ishdan_bushatish_sanasi_yillik_tatilga_tugri_kelsa