Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Xodim «qisqartirishga tushdi», biroq ishdan boʻshatish moʻljallanayotgan sanadan bir hafta oldin statsionar davolanish uchun shifoхonaga yotqizildi. Ish beruvchi bundan хabardor. Ogohlantirish muddati oʻtgach, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi amal qilayotgan davrda mehnat shartnomasini bekor qilish mumkinmi?
– Yoʻq, хodimning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrida ish beruvchi mehnat shartnomasini MK 100-m. 2-q. 1-b.ga koʻra bekor qilishga haqli emas .
Xodim vaqtincha mehnatga layoqatsizligi sababli mehnat shartnomasini bekor qilish sanasini oʻzgartiring.
MK 102-m. 6-q.ga muvofiq, mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ogohlantirish muddatiga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri qoʻshilmaydi.