Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Direktor bir nechta хodimni pensiya yoshiga toʻlganligi munosabati bilan ishdan boʻshatmoqchi. Ularning ayrimlari yillik ta’tilga chiqqani sababli ish joyida yoʻq. Ta’til davrida ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish mumkinmi?
– Yoʻq, mumkin emas.
Ta’tillarda boʻlgan хodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi .
Bundan tashqari, ish beruvchi MK 100-m. 2-q. 7-b. asosan mehnat shartnomalarini oʻz tashabbusi bilan bekor qilsa, u mehnat shartnomalarini bekor qilish niyati haqida хodimlarni kamida 2 oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi shart .
MK 102-m. 6-q. muvofiq, ogohlantirish muddatiga faqat vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish vaqti qoʻshilmaydi. Shu sababli ta’til davrida ularni yozma ravishda ogohlantirish mumkin.