Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Xodim pensiya yoshiga toʻlgan boʻlsa ham, ishlashda davom etmoqda. U pensiyaga chiqqandan soʻng 2 yil oʻtgach oʻz хohishiga koʻra ishdan boʻshashga qaror qilib, kadrlar boʻlimiga ariza berdi. Ushbu vaziyatda ish beruvchi хodimga 2 hafta «ishlab berish» majburiyatini yuklashga haqlimi?
– Ha, haqli. Faqat «ishlab berish» deganda ish beruvchini ishdan boʻshash niyati haqida 2 hafta oldin ogohlantirishi tushuniladi.
Xodim pensiyaga chiqishi munosabati bilan ishdan boʻshamayotganligi sababli bu holda MK 99-m. 5-q. talablarini qoʻllab boʻlmaydi.
MK 99-m. 1-q. muvofiq, 2 haftalik ogohlantirish muddatini qoʻllash umumiy qoidasi amal qiladi. U faqat tomonlarning kelishuviga binoan qisqartirilishi mumkin .