Betob хodimni taraflar kelishuviga koʻra ishdan boʻshatish

preview

Xodim va ish beruvchi MK 97-m. 1-b. (taraflarning kelishuvi) boʻyicha 14 fevraldan mehnat shartnomasi bekor qilinishi toʻgʻrisida kelishuv tuzdilar. Biroq, 10 fevralda хodim kasal boʻlib qolib, «kasallik varaqasi» ochtirdi. Ish beruvchi uni 14 fevralda ishdan boʻshatishga haqlimi? Bu holda kasallik varaqasiga qanday haq toʻlanadi?

 

– Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini, hatto u «kasallik varaqasi» ochilgan davr, ya’ni – 14 fevralga toʻgʻri kelsa ham, taraflarning kelishuvida qayd etilgan sanada bekor qiling. MK 100-m. 3-q. belgilangan хodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik va ta’tillarda boʻlgan davrlarida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga taqiq faqat ish beruvchining tashabbusi bilan, ya’ni MK 100-m. 2-q. sanab oʻtilgan asoslarga koʻra ishdan boʻshatish hollariga nisbatan tatbiq etiladi.  

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini toʻliq hajmda, shu jumladan ishdan boʻshatishdan keyin kasal boʻlgan davrda toʻlang .


Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text178619_hodim_kasal_bulsa_taraflarning_kelishuviga_kura_ishdan_bushatish_mumkinmi