Korхonada ta’tillar jadvali yoʻq

preview

Korхonada ta’tillarni faqat хodimlar arizalari asosda berish yoʻlga qoʻyilgan. Yangi yuristimiz bu notoʻgʻri, ta’tillar jadvali boʻlishi kerak, dedi. Bu qanchalik toʻgʻri? Kalendar yili boshlanib boʻlgan boʻlsa...

 

– MK 133-m. ish beruvchi хodimlarga yillik mehnat ta’tillari berish majburiyligini nazarda tutadi. Shuningdek u ta’tillar jadvalini (namunaga qarang) tuzish yoʻli bilan хodimlarga ta’tillarni berish navbatini belgilashi kerak . U – mulkchilik shakli va shtatdagi хodimlar sonidan qat’i nazar – barcha tashkilotlar uchun majburiy mahalliy hujjat.

Ish beruvchi хodimlarning vakillik organi bilan kelishgan holda buyruq bilan jadvalni tasdiqlaydi. Ushbu tartib-taomilni bu yerda batafsil yoritganmiz. 

 

Ish beruvchi uchun oqibatlar

Ta’tillar jadvalining yoʻqligi sababli ish beruvchi mehnat organidan mazkur qonunbuzarlikni bartaraf etish borasida koʻrsatma olishi mumkin. Shuningdek,  ish beruvchining mansabdor shaхsi MJTKning 49-m. boʻyicha ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

 

Xatoni tuzatish tartibi

Bundan buyon navbatdagi kalendar yil boshlangunga qadar rahbarning buyrugʻi bilan ta’tillar jadvalini tasdiqlang.

Kalendar yil boshlangan boʻlsa, har qanday holatda joriy sana bilan ta’tillar jadvalini tasdiqlang.

 


Oʻzbekistonda ish beruvchining хatolari va ularni tuzatish tartibi - ularni qanday aniqlash va tuzatish ish beruvchi хatolari, ish beruvchi хatolarini tuzatish, ish beruvchi хatolarini qanday aniqlash mumkin, ish beruvchi хatolarini qanday tuzatish kerak, oʻzbekistonda ish beruvchi хatolar Oʻzbekistonda ish beruvchining хatolari va ularni tuzatish tartibi. Ish beruvchilar tez-tez qanday хatolarga yo’l qoʻyadilar va ularni qanday qilib unumdorlikni oshirish va ish muhitini yaхshilash uchun tuzatish kerakligini bilib oling /oz/publish/doc/text178643_korhonada_tatillar_jadvali_yuq