Mehnat shartnomasi muddati tugagan boʻlsa, dekretdagi ayolni ishdan boʻshatish mumkinmi

preview

Ayol 2 yoshgacha bola parvarishi ta’tilida boʻlgan asosiy хodimaning yoʻqligi paytiga boʻlim boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga zavodga ishga olingandi. Ish davrida ayol homiladorlik va tugʻruq ta’tiliga, soʻng bola parvarishi ta’tiliga chiqdi. Bu davrda asosiy хodima ishga chiqdi va direktor ogohlantirishsiz ikkichi хodima bilan MK 105-moddasi 3- qismi boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qildi. Ish beruvchining harakatlari qonuniymi?

 

– Ha, qonuniy.

Boshqa хodimning yoʻqligi vaqtiga tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu хodimning ishga chiqishi munosabati bilan tugatiladi, agar uning oʻrniga olingan ayol bola parvarishi ta’tilida boʻlsa ham. Mehnat kodeksining ish beruvchi tashabbusi bilan homiladorlar va 3 yoshdan kichik farzandlari boʻlgan ayollarni ishdan boʻshatishni man qiluvchi 237-moddasi bunday holatlarga taalluqli emas. 

Biroq, mehnat shartnomasi muddatining tugashi munosabati bilan MK 105- moddasi boʻyicha ishdan boʻshatish faqat хodimani ishga joylashtirish sharti bilan amalga oshirilishi mumkin  Agar tashkilotda boʻsh ish oʻrinlari boʻlmasa, bu bilan mahalliy mehnat organi shugʻullanadi. Avvalgi ish beruvchi esa ishga joylashish davrida хodimaning ish haqini saqlab qolishi lozim, biroq, muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan 3 oydan ortiq emas .

Muayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda MK 105-moddasiga koʻra хodimni ishdan boʻshatilishi toʻgʻrisida ogohlantirish koʻzda tutilmagan. Shu jumladan, agar gap bola parvarishi ta’tilida boʻlgan ayol haqida ketayotgan boʻlsa ham.

 


Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text178668_mehnat_shartnomasi_muddati_tugagan_bulsa_dekretdagi_aelni_ishdan_bushatish_mumkinmi