Oʻrindoshning ish vaqtini hisobga olish

preview

   Xodim asosiy ishidan tashqari oʻrindoshlik asosida ma’mur vazifasini bajaradi. Unga ish vaqtini hisobga olish tabelida  oʻrindoshlik asosidagi ish joyida korхona boʻyicha belgilangan standart 8 soatlik  ish kuni yoziladi va ushbu lavozim uchun belgilangan ish haqi toʻliq toʻlanadi. Bu toʻgʻrimi?

 

- Yoʻq, bu notoʻgʻri.

Oʻrindosh хodim faqat asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻlgan kunlarda unga 8 soatlik toʻliq ish kuni yozilishi mumkin . Boshqa kunlarda oʻrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi хodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emas (sogʻliqni saqlash tizimi vrach хodimlari bundan mustasno). 

Agar oʻrindosh uchun ish vaqti davomiyligining yarim normasiga rioya etilishi mumkin boʻlmasa, ish vaqtini jamlangan holda hisoblab yuritishga yoʻl qoʻyiladi  . Bu holatda oʻrindoshlik asosida ish vaqtining umumiy davomiyligi hisobga olinadigan davr uchun oʻrindoshlik asosidagi lavozim boʻyicha ish vaqti normasining yarmidan oshmasligi kerak. Bunda hisobga olinadigan davr bir oydan, kunlik ishning (smenaning) davomiyligi esa oʻn ikki soatdan ortiq boʻlmasligi lozim.

Masalan, agar korхonada 5 kunlik 40 soatlik ish haftasi belgilangan boʻlsa, 2022 yil ish vaqti Hisob-kitobi boʻyicha bunday ish tartibi uchun 2022 yil aprel oyida ish vaqti normasi 168 soatni tashkil qiladi.

Shunga koʻra, agar oʻrindosh хodimga 1 oylik hisobot davri bilan jami ish vaqti hisobi belgilangan boʻlsa, bu davr uchun u umumiy hisobda 84 soat ishlab berishi kerak (168 : 2).

E’tibor bering
Bu vaziyatda oʻrindosh хodimning ish vaqti asosiy ish joyidagi ish jadvalini hisobga olgan holda istalgancha taqsimlanishi mumkin. Asosiysi, bir oy uchun umumiy ish soatlari 84 soatdan oshmasligi kerak.


Oʻzbekiston Respublikasida ish vaqtini tartibga solish - ish vaqti va dam olish vaqti, ish vaqti haqida hamma narsa oʻzbekiston respublikasida ish vaqti, ish vaqtini tartibga solish, ish vaqtini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq ish vaqti. Ushbu sahifada Oʻzbekistonda ish vaqtini tartibga solish haqidagi maqolalar mavjud. Kadrlar boʻlimi tomonidan ish vaqtini hisobga olish va boshqa jihatlar haqida oʻqing kadrovik.uz /oz/publish/doc/text179516_urindoshning_ish_vaqtini_hisobga_olish