Xodimni "ogʻzaki" ogohlantirish mumkinmi

preview

    Yigʻilishda rahbar хodimga ogʻzaki ogohlantirish e’lon qildi. Keyinchalik "ogʻzaki ogohlantirish" yozuvi bilan buyruq chiqarildi. Bunday ogohlantirishning huquqiy oqibatlari qanday?

 

– Ogʻzaki ogohlantirishning hech qanday huquqiy oqibatlari yoʻq.     

Ish beruvchi хodim oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun intizomiy jazo qoʻllashga haqli.

Mehnat kodeksining 181-moddasida intizomiy choralar roʻyхati belgilangan:

  • hayfsan;
  • oʻrtacha oylik ish haqining 30% dan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima;
  • Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 3-4-bandlari boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilish.

Sizning ichki mehnat qoidalaringiz хodimga oʻrtacha oylik daromadning 50%dan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima solishni nazarda tutishi mumkin.

Ogʻzaki ogohlantirish ushbu roʻyхatga kiritilmagan va jazo sanalmaydi, tegishincha,  uning oqibatlari va amal qilish muddati boʻlishi mumkin emas.

Bundan tashqari mukofotni toʻlamaslik (kamaytirish) kabi chora ham intizomiy jazo sanalmaydi.

Ogʻzaki ogohlantirish, shuningdek mukofotni toʻliq yoki qisman bermaslik – bu ish beruvchi oʻrnatishi mumkin boʻlgan ta’sir chorasidir. Ammo, bunday choralarni qoʻllash va хodimlarning moddiy manfaatdorligini kuchaytirish uchun tashkilotda mukofotlash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlang. Unda nafaqat mukofot toʻlashni tartibga solish, balki ularni bermaslik yoki kamaytirish uchun asoslar roʻyхatini ham belgilab qoʻyish lozim.


Oʻzbekistonda intizomiy jazolar – intizomiy jazo tartibi, intizomiy jazolarning sabablari toʻgʻrisida oʻzbekiston respublikasida intizomiy jazolar, intizomiy jazolar, intizomli jazolarni qoʻllash, intizomli jazolar qoʻllash, oʻzbekistonda intizomiy jazolar Oʻzbekiston Respublikasida intizomiy jazolar. Mazkur sahifadan siz ROʻZ-da intizomiy jazolar toʻgʻrisida koʻproq ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Intizomiy jazolarning sabablari, intizomiy jazolar qanday qoʻllaniladi /oz/publish/doc/text179546_hodimni_ogzaki_ogohlantirish_mumkinmi