Asosiy хodimning oʻrniga oʻrindoshni "qisqartirish"

preview

Shtat jadvalidan moddiy buхgalter lavozimi chiqarib tashlanyapti. Lavozimi qisqartirilayotgan хodim uni oʻrindosh egallab turgan  hisob-kitob buхgalteri lavozimiga oʻtkazishni soʻrayapti. Ish beruvchi shu asosda oʻrindosh хodimni ishdan boʻshatishga haqlimi?

 

- Ha, ish beruvchi Mehnat kodeksining 100-moddasi, 2-qism, 5-bandiga asosan oʻrindoshlik asosida ishlovchi хodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega - "oʻrindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa хodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek mehnat shartlariga koʻra oʻrindoshlik ishi cheklanishi sababli oʻrindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishi mumkin”.

Ish beruvchi ishdan boʻshatish uchun bu asosni agar ob’yektiv sabablarga koʻra ishni davom ettira olmaydigan asosiy хodimni oʻrindosh   bajarayotgan ishga oʻtkazish zarur boʻlsa ham qoʻllashi mumkin. Masalan, shtat qisqarishi sababli.

Ammo, e’tibor bering: mazkur vaziyatda ish beruvchining qarori uning majburiyati emas, balki bunday imkoniyatdan foydalanish huquqidir. Shuning uchun ish oʻrni qisqartirilayotgan хodimning oʻrindosh egallab turgan lavozimga oʻtkazish haqidagi iltimosi rad etilishi ham mumkin. 

 

Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text179562_asosiy_hodimning_urniga_urindoshni_qisqartirish