Pensionerni qachon ishdan boʻshatish mumkin

preview

“Xodima 55 yoshga toʻldi. Ish beruvchi u pensiya yoshiga yetgani munosabati bilan Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 7-bandiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilmoqchi. Ammo, men ayollarni bu asosda ishdan boʻshatish mumkin emasligi haqida eshitgandim. Bu toʻgʻrimi?”

Savolga “Norma” eksperti, huquqshunos Lenara Xikmatova javob berdi:

 

- Qisman haqsiz.

Agar хodim yoshga doir pensiyani olishga haqli boʻlsa, umumiy qoidaga koʻra ish beruvchi u bilan Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 7-bandiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli. Ya’ni, хodimni bu asosda quyidagi holatlarda ishdan boʻshatish mumkin:

  •  ma’lum yoshga yetgandan keyin;
  • pensiya tayinlash uchun yetarli ish staji boʻlganda.

Shuningdek, umumiy qoidaga koʻra Mehnat kodeksining 289-moddasiga muvofiq yoshga doir pensiya quyidagilarga belgilanadi:

  • Erkaklarga – 60 yoshga toʻlganda, umumiy ish staji 25 yil boʻlganda;
  • Ayollarga – 55 yoshga toʻlganda, umumiy ish  staji 20 yil boʻlganda.

Ammo, 2019 yilning 1 mayidan  07.03.2019 yildagi PF-4235 sonli Prezident Farmoniga koʻra ish beruvchining tashabbusi bilan Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 7-bandi boʻyicha ayollarni ishdan boʻshatish  ular 60 yoshga toʻlgunga qadar  taqiqlanadi.

Ya’ni, хodim 60 yoshga toʻlmaguncha u bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasini, shuningdek nomuayyan vaqtga tuzilgan mehnat shartnomasini  Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 7-bandi boʻyicha bekor qilish mumkin emas.

Mehnat kodeksining 100-moddasida sanab oʻtilgan boshqa asoslar  ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatishga taalluqli emas. Masalan, agar хodim mehnat intizomini buzsa, u bilan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 3 yoki 4-bandi boʻyicha bekor qilish mumkin.


Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text179733_pensionerni_qachon_ishdan_bushatish_mumkin