Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Xodimga boshqa lavozim taklif qilindi, u bunga rozi boʻldi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, avvalgi lavozimida ishlashni davom ettirmoqchi ekanligini aytdi. Bunday vaziyatda ish beruvchi qanday yoʻl tutishi kerakligini "Norma" eksperti Valeriya LYaNDRES tushuntiradi:
Xodimni boshqa lavozimga oʻtkazish amalga oshirilgan boʻlsa
– Agar mehnat shartnomasiga kelishuv allaqachon imzolangan, buyruq chiqarilgan va xodim yangi lavozimda vazifalarni bajarishga kirishgan boʻlsa, eskisiga qaytish uchun u boshqa yoki avvalgi lavozimga oʻtish haqida yozma ariza topshirishi kerak.
Xodimning mehnat shartlarini oʻzgartirish haqidagi arizasi berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan koʻrib chiqiladi. U xodimning iltimosini qanoatlantirishi yoki ob’yektiv sabablarga koʻra (koʻrsatilgan lavozim shtat jadvalida qisqartirilgan yoki unga yangi xodim qabul qilingan va hokazo) rad etishi mumkin.
Rad etish sababi haqida xodimni yozma ravishda xabardor qiling. Shuni yodda tutingki, xodim rad etish sabablari boʻyicha bunday yozma asosga ega boʻlmasa ham, har qanday holatda ham rad etish ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin (MK 90-m.).
Agar xodimni avvalgi lavozimga qaytarishning iloji boʻlmasa, vakansiya mavjud boʻlgan taqdirda unga boshqa lavozimni taklif qiling.
Xodim ish beruvchining taklifini koʻrib chiqish va quyidagicha qaror qabul qilishga haqli:
- yangi (oʻtkazishdan keyin) lavozimda qolish;
- boshqa vakansiyaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifni qabul qilish
; - mehnat shartnomasini oʻz xohishiga koʻra bekor qilish
.
Xodimni boshqa lavozimga oʻtkazish hali amalga oshirilmagan boʻlsa
Agar xodim ish beruvchidan uni boshqa lavozimga oʻtkazish toʻgʻrisida ogohlantirish olgan boʻlsa, lekin haqiqatda hali oʻtkazilmagan boʻlsa, u ogohlantirish davri davomida oʻtkazishni rad etishi mumkin.
Ish beruvchi xodimga boshqa variantlarni koʻrib chiqishi va taklif qilishi mumkin, shu jumladan uni shu lavozimda qoldirishni ham, agar oʻtkazish ushbu shtat birligining qisqarishi bilan bogʻliq boʻlmasa.
Agar xodimni avvalgi lavozimda qoldirishning iloji boʻlmasa, u esa yangi lavozimni xohlamasa, xodim bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli bekor qilinishi mumkin. Bunda xodimga oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanadi
.