Talaba direktor boʻlishi mumkinmi

preview

«Oliy ta’lim muassasasining kunduzgi boʻlimida oʻqiydigan talaba toʻliq ish kuni ishlashga va MChJ direktori lavozimini egallashga haqlimi?».

 

– Kunduzgi shaklda oʻqiydigan talaba direktor lavozimini egallashi mumkin.

Toʻliq ish kuniga keladigan boʻlsak, bu unga belgilangan ish vaqti rejimiga bogʻliq boʻladi.

Talaba faqat oʻqishdan boʻsh vaqtidagina ishlashi mumkin. Ushbu muayyan holatda yakka tartibdagi ish grafigi doirasida, masalan, soat 14.00 dan (oʻqishdan keyin) 22.00 gacha direktor vazifalarini bajarishi mumkin. Biroq oliy ta’lim muassasasidagi oʻqish soatlariga toʻgʻri keladigan vaqtga ish soatlari belgilanishi mumkin emas.

Aytaylik, direktor-talaba yakka tartibdagi grafik boʻyicha emas, balki boshqa хodimlar singari umumiy grafik boʻyicha, ya’ni, masalan, soat 18.00 ga qadar ishlaydigan boʻlsa, unga toʻliqsiz ish vaqti belgilanishi lozim.

MKning 119-moddasi 1-qismiga muvofiq хodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chogʻida ham, keyinchalik ham toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi belgilab qoʻyilishi mumkin.

Normal davomiylikdagi ish vaqti boʻyicha ishlaydigan хodimlar uchun belgilangan mehnat huquqlaridan toʻliqsiz ish vaqti sharti bilan ishlaydigan хodimlar  ham foydalanadilar. Bular quyidagilarga taalluqli:

  • yillik asosiy mehnat ta’tilining muddatiga;
  • mehnat stajini hisoblashga.

Biroq ularning mehnatiga ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda haq toʻlanadi .

Oʻzbekiston Respublikasida ish vaqtini tartibga solish - ish vaqti va dam olish vaqti, ish vaqti haqida hamma narsa oʻzbekiston respublikasida ish vaqti, ish vaqtini tartibga solish, ish vaqtini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq ish vaqti. Ushbu sahifada Oʻzbekistonda ish vaqtini tartibga solish haqidagi maqolalar mavjud. Kadrlar boʻlimi tomonidan ish vaqtini hisobga olish va boshqa jihatlar haqida oʻqing kadrovik.uz /oz/publish/doc/text180659_talaba_direktor_bulishi_mumkinmi