Issiq iqlim sharoitida quruvchilar mehnatining muhofazasi

preview

«Oʻzbekistonda eng yuqori harorat sharoitida ishlashga majbur boʻlgan quruvchilar va boshqa xodimlar uchun maxsus mehnat sharoitlari, ta’tillarni taqdim etish va boshqalar nazarda tutilganmi?».

 

Koʻchadagi va xonadagi qanday havo harorati xodim uchun «zararli» hisoblanadi

 Xonalarda 0324-16-sonli SanQvaN normalari qoʻllaniladi. Ruxsat etilgan havo harorati ish toifasi (yengil, oʻrta ogʻir, ogʻir) va ish joyi turiga (doimiy yoki doimiy boʻlmagan) bogʻliq.

Yozda:

  • 20 °S dan 31 °S gacha (ishningtogʻirligiga qarab) – doimiy ish oʻrinlari uchun;
  • 19 °S dan 32 °S gacha (ishning ogʻirligiga qarab) – doimiy boʻlmagan ish oʻrinlari uchun.

      Qishda:

  • 13 °S dan 25 °S gacha (ishning ogʻirligiga qarab) – doimiy ish oʻrinlari uchun;
  • 12 °S dan 26 °S gacha (ishning ogʻirligiga qarab) – doimiy boʻlmagan ish oʻrinlari uchun.

 

Ochiq havodagi ish joylari uchun 0289-10-son SanQvaN me’yorlari qoʻllaniladi: yoz davrida ruxsat etilgan harorat + 32°S, qishda - 10°S.

Yoz faslida +32 °S dan +40 °S gacha boʻlgan haroratda va qishda -10°S dan -20°S gacha boʻlgan haroratda bajariladigan ishlar zararli deb tasniflanadi.

 

Agar xodimlar issiqda ishlasa

Ish beruvchi xavfsiz mehnat sharoitlari uchun javobgardir.      

Qabul qilinadigan normativlarni oʻrnatishning iloji boʻlmagan ish joylarida (masalan, texnologiyaning oʻziga xos xususiyatlari tufayli) ishchilarni  issiqdan himoya qilishning quyidagi usullarini qoʻllang:

  •  havoni mahalliy shamollatish tizimlari, ventilyatsiya, havo dushi (bino ichida)ni oʻrnating.

Havo dushi – bu  cheklangan ish joyiga yoki ishchiga yoʻnaltirilgan havo oqimi. Ayniqsa, ishchining issiqdan nurlanishida havo dushidan foydalanish samarali hisoblanadi;

  •  dam olish va sovutish xonalari, tentlar (ochiq havodagi ish uchun);
  •  yuqori haroratdan himoya qilish uchun himoya kiyimlari, shaxsiy himoya vositalari;
  • ichimlik va mineral suv;
  • eng yuqori haroratni hisobga oladigan ish va dam olish vaqti qoidalari va boshqalar.

 

Qisqartirilgan ish vaqti va qoʻshimcha ta’tillar

  Shuningdek, noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati  va qoʻshimcha ta’tillar  taqdim etiladi.

    Korxonada bunday ishlar roʻyxatini va ish vaqti hamda qoʻshimcha ta’tilning aniq  davomiyligini quyidagi yoʻllar bilan aniqlang:

  •  ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish asosida ;
  •  tashkilotning jamoa shartnomasiga kiriting (agar u tuzilmagan boʻlsa, ushbu shartlar ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi).

Mehnat sharoiti noqulay va oʻziga xos boʻlgan ishlarda band boʻlgan  xodimlar uchun 3 kundan 24 kungacha  qoʻshimcha ta’til beriladi.

Ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim hududlarida ishlaydiganlar  1 kundan 6 kungacha qoʻshimcha ta’til olishadi . Bu raqam tuman va hududga qarab oʻzgaradi.

Bundan tashqari, bunday xodimlarga ish haqiga 10%dan  60% gacha  ustama berilishi kerak (aniq viloyatdan kelib chiqib).

 

Agar xodim yuqori haroratda ishlashdan bosh tortsa

MKning 219-moddasiga muvofiq xodim oʻz hayoti yoki sogʻligʻiga tahdid solayotgan ishni bajarishni rad etishga haqli.

U bunday holatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida darhol ish beruvchini xabardor qilishi, ish beruvchi esa ularni bartaraf etish choralarini koʻrishi lozim. Aks holda xodim belgilangan holatlar bartaraf etilgunga qadar bu ishni bajarishni rad etishga haqlidir. Ushbu davr uchun xodimning oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi.

 


Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik: mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar va jihatlar. mehnatni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maqolalar, mehnatni muhofaza qilish amaliyoti, mehnatni muhofaza qilish standartlari, Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik. Kadrovik.uz Oʻzbekistonda amaldagi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik, normalar va amaliyotlar haqida umumiy ma’lumot beradi. Xavfsizlik boʻyicha mutaxassislar uchun maqolalar ishchilarning xavfsizligi va sogʻligʻini ta’minlash boʻyicha samarali ishlashga yordam beradi /oz/publish/doc/text180971_issiq_iqlim_sharoitida_quruvchilar_mehnatining_muhofazasi