Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Xodimlardan biri ish vaqtida rahbardan bir necha soatga ruxsat oldi. Ammo, amalda tushlik vaqtida 1 soatgagina koʻrinib, kun boʻyi ishda boʻlmadi. Rahbar ish vaqtini hisobga olish tabelida unga s/t qoʻyishni buyurdi («ish haqi saqlanmaydigan ta’til»). Keyinchalik xodim shifokor qabulida boʻlganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma olib keldi. Ish vaqtini hisobga olish tabeli allaqachon yopilgan. Xodim ariza yozishni rad etgani sababli ish haqi saqlanmaydigan ta’tilni rasmiylashtira olmayman. Vaziyatdan qanday chiqish mumkin?».
– Barcha masalalarni oʻz vaqtida va amaldagi qonunchilikka muvofiq hal etish zarur.
Xodimdan tegishli arizani olmasdan turib (yoki "orqa sana" bilan) xodimning ishda yoʻqligini ish haqi saqlanmaydigan ta’til sifatida rasmiylashtirish mumkin emas. Ish haqi saqlanmaydigan ta’til faqat xodimning iltimosiga binoan beriladi
rahbarning koʻrsatmasi bilan emas.
Ammo bu kunni ish kuni deb hisoblash ham mumkin emas, chunki xodim haqiqatda ishlamagan.
Ichki mehnat tartibi qoidalari, qoida tariqasida, xodim ishda boʻlmaganligini qachon va qaysi hollarda progul deb tan olish va ish joyida boʻlmagan kunlar uchun pul toʻlamaslik holatlarini nazarda tutadi.
Ish beruvchi, shuningdek progul sababi uzrli boʻlmasa, intizomiy jazo tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Tibbiy muassasadan taqdim etilgan ma’lumotnoma qabul qilish va ishda boʻlmaganlik sababini uzrli deb tan olish mumkin. Ammo bunday ma’lumotnomalar asosida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasidan farqli oʻlaroq, pul toʻlanmaydi.
Mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi shaxsni ishdan (oʻqishdan) ozod qilish uchun asos boʻladi. Shuningdek, u boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladi
.
.
Vaziyatni qanday tuzatish mumkin
Ish haqi saqlanmaydigan ta’tilni rasmiylashtirish kerak emas. Tabelda belgi qoʻying va ishda boʻlganlik oʻrniga, masalan, "m"("ma’lumotnoma")ni koʻrsating. Uni tabelga ilova qiling. Bu buxgalteriya boʻlimiga ushbu kun uchun ish haqi hisoblamaslik uchun asos boʻladi.
Valeriya LYaNDRES
«Norma» eksperti