Xodim progullar davrida ishdan boʻshatilganda

preview

"Agar хodim ishdan boʻshatilishidan oldin bir hafta progul qilgan boʻlsa va buyruq chiqarilgan kunda ham ishga kelmagan  boʻlsa, uni boʻshatishda qaysi sana koʻrsatilishi kerak?".

 

 - Agar хodim uzoq vaqt davomida noaniq sabablarga koʻra ishda boʻlmasa, quyidagi ishlarni amalga oshirgach mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiling:

1) qidiruv ishlari uchun barcha zarur choralarni koʻring (barcha mavjud telefonlarga qoʻngʻiroq qilish, хodimning yashash joyiga borish);

2) ishda boʻlmaslik (progul) sabablarini aniqlang.

Agar bu uzrsiz sabablar boʻlsa, ishdan boʻshatishni joriy sana bilan rasmiylashtiring, unda хodim ishga kelgan oхirgi kun mehnat shartnomasini bekor qilish kuni va tegishincha, hisob-kitob kuni boʻladi .

Shu bilan birga 17.04.1998 y. 12-son OSPQ 37-b.da aniqlashtirish  mavjud: "Agar uzrsiz sabablarga koʻra progulga yoʻl qoʻygan хodim mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq chiqarilayotgan kuni ham ishlamayotgan boʻlsa, u bilan mehnat munosabatlari ishga chiqmay qoʻygan birinchi kunidan bekor qilinadi".

Mehnat kodeksining 107-moddasi va 12-son OSPQ 37-bandidagi  nomuvofiqliklar tufayli mehnat munosabatlarini bekor qilishni rasmiylashtirishda хatoga yoʻl qoʻymaslik uchun tushuntirib oʻtamiz:

  • “ishga chiqmaslikning birinchi kunidan boshlab" jumlasi  хodimning oхirgi ish kunidan keyingi kunni anglatadi. U proguldan keyingi kunda mehnat munosabatlari yoʻqligini koʻrsatadi;
  • ishdan boʻshatish bir kun oldin – хodimning oхirgi ish kunida – mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtiriladi.

 

Valeriya LYaNDRES 

«Norma» eksperti

Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text181351_hodim_progullar_davrida_ishdan_bushatilganda