Intizomiy jazo choralarini qoʻllashda yoʻl qoʻyiladigan xatolar

preview

Ish beruvchi Myehnat kodeksida nazarda tutilmagan jazoni qoʻlladi

Ishga alkogolli mastlik holatida kelganligi uchun xodimga buyruq bilan jiddiy hayfsan berildi.

- Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-qismi buzilgan. Mehnat intizomini buzganlik uchun ish beruvchi xodimga quyidagi intizomiy choralardan birini qoʻllashga haqli: Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismining 3 va 4-bandlari boʻyicha hayfsan berish, jarima solish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish. Ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa choralarni qoʻllash taqiqlanadi.

Jiddiy hayfsan ruxsat etilgan jazolar sirasiga kirmaydi. Hayfsan e’lon qilinishi mumkin ("jiddiy" ta’rifisiz).

Shuningdek, "ogohlantirish", "tanbeh berish", "ta’sir koʻrsatish" va shu kabi intizomiy jazo choralari mavjud emas.

Aybdor mansabdor shaxs Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 49-moddasi boʻyicha jarimaga tortilishi mumkin.

Qanday tuzatish kerak

Agar nojoʻya xatti-harakat aniqlangandan  bir oy oʻtmagan boʻlsa  Mehnat kodeksining 181-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazoni qoʻllash va avvalgi buyruqni bekor qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaring.

Intizomiy jazo yozma ravishda qayd etilmagan

Ishga kechikib kelganligi uchun xodimga ogʻzaki tanbeh berildi va agar bu holat yana takrorlansa, ishdan boʻshatish haqida ogohlantirildi. Takroriy kechikishdan soʻng xodim mehnat intizomini muntazam ravishda buzganligi uchun ishdan boʻshatildi.

- Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 3-bandi va 182-moddasi buzilgan. Birinchi qoidabuzarlik boʻyicha intizomiy jazo rasmiylashtirilmagan.

Tegishincha, xodim mehnat intizomini buzmagan hisoblanadi. Bunday vaziyatda ikkinchi kechikish qoidabuzarliklarni tizimli deb tan olishga asos boʻlmaydi.

Aybdor mansabdor shaxs Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi boʻyicha ma’muriy javobgarlikka yoki Jinoyat kodeksining 148-moddasi boʻyicha jinoiy javobgarlikka (agar u avval ishdan noqonuniy boʻshatish  uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan boʻlsa) tortilishi mumkin.

Agar xodim sudga murojaat qilsa, ishdan boʻshatish noqonuniy deb tan olinadi va u ishga tiklanadi, ish beruvchiga esa xodimga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati yuklatiladi:

  • majburiy progul vaqti uchun haq toʻlash;
  • mehnat shartnomasi bekor qilinganligi ustidan shikoyat qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar (mutaxassislardan maslahat olish, ish yuritish uchun ketgan xarajatlar va boshqalar) uchun kompensatsiya toʻlash;
  • ma’naviy zarar uchun kompensatsiya toʻlash .

Xodimning iltimosiga koʻra ishga tiklash oʻrniga uning foydasiga 3 oylik ish haqi miqdorida qoʻshimcha haq undirib berilishi mumkin .

Qanday tuzatish kerak

Mehnat shartnomasini bekor qilishni toʻxtatish va avvalgi ish joyiga tiklash haqida buyruq chiqaring.

Agar   oxirgi kechikishdan 1 oy oʻtmagan boʻlsa, ushbu qoidabuzarlikni hujjatlashtiring va intizomiy jazo qoʻllang.

Intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yil ichida xodim tomonidan sodir etilgan keyingi huquqbuzarlik mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish sifatida qaralishi mumkin.

Jarima qonunda belgilangan chegaradan oshadi

Ish joyida mast holatda paydo boʻlgani uchun xodimga 700 ming soʻm jarima solindi. Buxgalteriya boʻlimi bir vaqtning oʻzida xodimning ish haqidan pulni toʻliq ushlab qoldi. Xodimning oʻrtacha oylik ish haqi – 1,2 mln. soʻm.

- Mehnat kodeksining 181-modda 1-qism 2-bandi buzilgan. Umumiy qoida boʻyicha jarima miqdori xodimning oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizidan oshmasligi kerak. Tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalari oʻrtacha oylik ish haqining 50% dan koʻp boʻlmagan miqdorida jarima solish holatlarini nazarda tutishi mumkin.

 Aybdor mansabdor shaxs Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi boʻyicha jarimaga tortilishi mumkin.

Qanday tuzatish kerak

Jarima miqdori belgilangan chegaralardan oshib ketmasligi uchun buyruq bilan uni kamaytiring yoki Mehnat kodeksining 181-moddasi boʻyicha boshqa jazo qoʻllang. Ortiqcha ushlab qolingan summani xodimga qaytaring.

Xodim oxirgi progul uchun jarima undirilishi bilan muntazam ravishdagi progullari uchun ishdan boʻshatildi

Ilgari progullar uchun bir necha bor intizomiy javobgarlikka tortilgan xodim oxirgi progul uchun jarima undirilishi bilan muntazam ravishda mehnat vazifalarini buzganligi uchun ishdan boʻshatildi.  

- Mehnat kodeksining 182-moddasi 4-qismi buzilgan. Bitta qoidabuzarlik uchun bittadan ortiq jazo qoʻllash mumkin emas.

Aybdor mansabdor shaxs Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi bilan jarimaga tortilishi mumkin.

Qanday tuzatish kerak

Jarima miqdorini xodimga qaytaring. Ishdan boʻshatishni kuchda qoldiring.

Jazo ish beruvchi qonunbuzarlik faktini aniqlagan kundan boshlab 1 oydan keyin qoʻllanilgan

Ish beruvchi huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boshlab 2 oydan keyin xodimga hayfsan e’lon qildi. Xodim bu vaqt davomida ishga kelgan:

kasal boʻlmagan, ta’tilga chiqmagan.

- Mehnat kodeksining 182-moddasi 5-bandi buzilgan. Intizomiy jazo xodimning kasalligi yoki ta’tilda boʻlgan vaqtini hisobga olmaganda, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab 1 oydan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin emas.

 Aybdor mansabdor shaxs Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi boʻyicha jarimaga tortilishi mumkin.

Qanday tuzatish kerak

 Notoʻgʻri qoʻllanilgan intizomiy jazoni bekor qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaring.

Oʻzbekistonda intizomiy jazolar – intizomiy jazo tartibi, intizomiy jazolarning sabablari toʻgʻrisida oʻzbekiston respublikasida intizomiy jazolar, intizomiy jazolar, intizomli jazolarni qoʻllash, intizomli jazolar qoʻllash, oʻzbekistonda intizomiy jazolar Oʻzbekiston Respublikasida intizomiy jazolar. Mazkur sahifadan siz ROʻZ-da intizomiy jazolar toʻgʻrisida koʻproq ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Intizomiy jazolarning sabablari, intizomiy jazolar qanday qoʻllaniladi /oz/publish/doc/text181548_intizomiy_jazo_choralarini_qullashda_yul_quyiladigan_hatolar