Ishga qabul qilish haqidagi ariza kerakmi

preview

Mehnat shartnomasini tuzishdan oldin ish soʻrab murojaat qilgan shaхsdan ariza olish shartmi? Savolga  «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

 

- Yoʻq, ishga qabul qilish arizasi majburiy hujjat emas. Ammo ish beruvchi bundan manfaatdor boʻlgan holatlar mavjud.

Mehnat kodeksida nomzod ish beruvchi uchun bunday hujjatni tuzishi kerakligi toʻgʻrisida talab mavjud emas. Muayyan kompaniyada ishlash istagi хodim tomonidan imzolangan mehnat shartnomasi bilan tasdiqlanadi. Uni esa  ishga qabul qilish uchun avvaldan ariza bermasdan ham rasmiylashtirish mumkin.

Ammo agar siz arizachilaringizdan ishga qabul qilish haqida ariza olsangiz,  bu qonun buzilish sanalmaydi. Asosiy talab shundaki, har qanday holatda ham хodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan boʻlishi kerak. Negaki faqat u ishga qabul qilish haqidagi buyruqni chiqarish uchun asos boʻladi .

Bunda ish beruvchining oʻzi хodim tomonidan yozma ariza berilishidan manfaatdor boʻlgan holatlar boʻlishi mumkin. Masalan, хodimning tashabbusi va manfaatlari uchun muddatli mehnat shartnomasi tuzilayotgan boʻlsa. Agar kelgusida uni tuzishning asosliligi toʻgʻrisida nizo kelib chiqadigan boʻlsa, aynan ish beruvchi muddatli shartnoma tuzish tashabbusi va qiziqishini хodimning oʻzi koʻrsatganligini isbotlashi kerak boʻladi. Bunday dalil esa хodimning uni ma’lum muddatga ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizasi va ushbu iltimosning asoslanishi boʻladi.

 


Ishga qabul qilish - Oʻzbekistonda ishga qabul qilish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasida ishga joylashish haqida hamma narsa ishga qabul qilish, oʻzbekistonda ishga qabul qilish, ishga qabul qilish tartibi Oʻzbekistonda ishga yollash qanday ishlaydi? Bu yerda siz Oʻzbekiston Respublikasida ishga qabul qilish tartibi haqida maqolalar bilan tanishasiz. Oʻzbekistonda mehnat shartnomalarini tuzish va ishga qabul qilish qoidalari haqida hamma narsa kadrovik.uz saytida /oz/publish/doc/text181797_ishga_qabul_qilish_haqidagi_ariza_kerakmi