2022 yilda ta’tillarni hisoblashda Qurbon hayiti bayramini hisobga olish tartibi

preview

Eslatib oʻtamiz, 2022 yilning 10 iyul kuniga (yakshanba) bayram – Qurbon hayiti (bayramning aniq sanasi bir kunga oʻzgarishi mumkin, bu holda qoʻshimcha normativ-huquqiy hujjat  qabul qilinadi) toʻgʻri keladi. 2022  yilning 11 va 12 iyul kunlari qoʻshimcha dam olinadi. 11 iyul barcha ish rejimlari uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 12 iyul – 6 kunlik ish haftasi uchun ishlanmaydigan qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 16 iyul shanba kuni ishlab berish bilan dam olish kuni boʻladi.

Iyun-iyul oylariga toʻgʻri keladigan ta’tillarni hisoblashda ushbu sanalarni qanday hisobga olish kerakligini «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES tushuntirib oʻtdi:

 

– Shu yilning iyun-iyul oylariga toʻgʻri keladigan mehnat ta’tillarini rasmiylashtirishda ortiqcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarmaslik uchun ta’tillarni hisoblashda хodim ta’tilining soʻnggi kuni 8 yoki 9 iyul sanasiga, ishga chiqish esa dam olish kunidan keyingi – 13 iyul sanasiga toʻgʻri kelishini  rasmiylashtirishni tavsiya etamiz.

Masalan, хodimga davomiyligi 15 ish kuni boʻlgan ta’tilni 2022 yil 22 iyundan  8 iyulgacha rasmiylashtirish mumkin.

Agar bunday qulay hisob-kitobni qoʻllashning imkoni boʻlmasa, iyul oyidagi dam olish kunlari va bayramdan keyingi kunlarga toʻgʻri keladigan ta’tilni rasmiylashtirishda quyidagilarni hisobga oling:

  • yakshanba kunlari, shu jumladan – 10 iyulni;
  •  barcha ish rejimlari uchun qoʻshimcha dam olish kuni – 11 iyulni;
  •  6 kunlik ish haftasi uchun – 12 iyulni.

5 kunlik ish haftasi uchun 12 iyul ta’til davomiyligini hisoblashga kiritiladi, chunki bu – 16 iyul shanba kuniga koʻchirilgan dam olish kuni. Umumiy qoidalarga koʻra ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar boʻyicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi .

Agar rasman tasdiqlangan dam olish sanasi oʻzgaradigan boʻlsa, ta’tillarni bunday hisoblashda ta’til sanalari boʻyicha buyruqlarga oʻzgartirish kiritishingiz kerakligini hisobga oling.

Kelgusida yuqoridagilarni hisobga olgan holda ta’til jadvallarini tuzishni tavsiya qilamiz.


Ta’til va ishlamaydigan vaqt-Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq dam olish vaqti, ta’tilni roʻyхatdan oʻtkazish va tartibga solish oʻzbekistonda ishlamaydigan vaqt, ta’til va ishlamaydigan vaqt, ta’til Oʻzbekistonda bayramlar qanday tashkil yetilgan. Ishlamaydigan soatlar, bayramlar va ta’tillar haqida. Kadrlar boʻlimi хodimi uchun bayramlar va ta’tillar haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text182035_2022_yilda_tatillarni_hisoblashda_qurbon_hayiti_bayramini_hisobga_olish_tartibi