Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
«Rahbar kotibi vaqti-vaqti bilan kuryer vazifasini bajaradi. Bu ish har oyda boʻlmasada, lekin muntazam ravishda sodir boʻladi. Kuryer sifatida u bir хil hajmdagi ishni bajaradi. Buni qanday rasmiylashtirgan ma’qul – majburiyatlarni kengaytirish, ichki oʻrindoshlik, bir necha kasb va lavozimda ishlash yoki boshqa yoʻl bilanmi? Qanday variantlar bor?».
Savolga «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– Bu vaziyatda oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qoʻshimcha ishni bajarish oʻrindoshlik hisoblanadi .
Oʻrindoshlik хodim rozi boʻlgan taqdirda ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Bunday ehtiyoj boʻlganda uni uzoq yoki qisqa muddatga rasmiylashtirish mumkin. Xuddi shu buyruqda qoʻshimcha toʻlov miqdori belgilanadi
.
Agar bajariladigan qoʻshimcha ish hajmi doimiy boʻlmasa, buni oʻrindoshlik haqidagi buyruqda aniqlashtirish bilan koʻrsatishni tavsiya qilamiz: «.... qoʻshimcha haq hisobot yoki bajarilgan ishlar dalolatnomasiga muvofiq haqiqatda bajarilgan hajmlar (ishlar) uchun toʻlansin».