Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Korxonada 24 soatlik smenali ish rejimi oʻrnatilgan. MKga muvofiq 12 soatlik smena almashish jadvali ishlab chiqilgan: kun-tun, ikki kunlik dam olish. Ammo xodimlar «uch kunda bir» rejimida ishlash istagini bildirdilar, chunki ularning fikriga koʻra, ushbu tartib eng qulay. Bunday ish maromini qoʻllash mumkinmi? Ish beruvchining rad javobini qanday asoslash kerak?».
Vaziyatga «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES izoh berdi:
- Qonun hujjatlarida xodimlarni har kuni 12 soatdan ortiq ishga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi
. Bu fiziologlar va mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik boʻyicha mutaxassislarning koʻp yillik kuzatishlariga asoslangan.
Birinchidan, har qanday toifadagi ishchilarning mehnat unumdorligi kuniga 24 soat samarali boʻlishi mumkin emas. Ushbu rejimda ish smenasi yakunida ish sifati va samaradorligi pasayadi. Xodimga tegishli dam olish va uyqusiz 24 soat chidash qiyin. Ertami-kechmi bu sogʻliqning yomonlashishiga olib keladi.
Ikkinchidan, bunday ish tartibi ishdagi avariyalar va baxtsiz hodisalarga sabab boʻlishi mumkin, chunki charchagan odamning diqqati va reaksiyasi kamayadi.
Agar xodimlarning oʻzlariga ushbu ish rejimi qulay boʻlsa ham, ish beruvchi rozi boʻlmasligi kerak. «Uch kunda bir» rejimi mehnat qonunchiligini toʻgʻridan-toʻgʻri buzish boʻlib, buning uchun aybdor mansabdor shaxs (direktor) ma’muriy Kodeksning 49-moddasi (BHMning 5-10 baravari miqdorida jarima) boʻyicha ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.