Dekabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Mehnat ta’tili taqdim etiladigan davrda uning kunlari soni oʻzgarsa, mehnat ta’tili davomiyligi qanday hisoblanishini «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES tushuntiradi:
– Deylik, siz хodimga 31.05.2021 yildan 30.05.2022 yilgacha oʻtgan davr uchun ta’til taqdim qilyapsiz. 2022 yil 1 yanvargacha ta’til kunlari soni 18 ish kunini, 1 yanvardan 24 ish kunini tashkil etadi.
Xodimning ta’til muddatini toʻgʻri hisoblash uchun ushbu ish vaqtini ikki qismga boʻlish kerak:
1) 31.05.2021 yildan 31.12.2021 yilgacha хodimga ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda quyidagi hisobdan kelib chiqib ta’til taqdim qilasiz:
- 18 kun : 12 oy = har bir ishlangan oy uchun uning miqdori oʻzgarishi sanasigacha 1.5 ish kuni.
Natijada:
- 1,5 kun х 7 oy = 10,5 kunlik ta’til hosil boʻladi;
2) хodimga ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda ta’til berilishi kerak boʻlgan 01.01.2022 yildan 31.05.2022 yilgacha koʻpayishini hisobga olgan holda quyidagi hisobdan kelib chiqib:
- 24 kun : 12 oy = 2022 yil 1 yanvardan keyin har bir ishlangan oy uchun 2 kunlik ta’til.
Natijada:
- 2 kun х 5 oy = uning miqdori oʻzgargan kundan keyin ta’tilning 10 ish kuni hosil boʻladi.
Koʻrib turganingizdek, хodimga ushbu davr uchun 20,5 ish kunidan iborat ta’til berilishi kerak.
Yarim ish kunini nima qilish kerak
2 ta variant mavjud:
1. Siz хodimga 20 ish kuni miqdorida ta’til berishingiz, 0,5 ish kuni uchun uning roziligi bilan pullik kompensatsiya toʻlashingiz mumkin. Buni ta’til taqdim qilinayotgan vaqtning oʻzida yoki keyinroq – MKning 151-m.ga zid boʻlmagan tarzda mehnat shartnomasi bekor qilinganda amalga oshirish mumkin.
2. Shuningdek, siz хodimning roziligi bilan ta’tilni qismlarga boʻlishingiz
ta’tilning belgilangan eng oz muddatidan (15 ish kuni) ortiqcha qismi uchun - 5,5 ish kuni miqdorida pullik kompensatsiya toʻlashingiz mumkin
.
Xodimga barcha variantlarni tushuntirishingizni va oʻzaro kelishuvga erishishingizni tavsiya qilamiz.
Keyingi ish davri uchun (31.05.2022 yildan 30.05.2023 yilgacha) va keyin, agar oʻzgarishlar boʻlmasa, ta’tilni koʻpaytirilgan miqdorda taqdim eting – 24 ish kuni.
Mehnat ta’tili – bu mehnat sharoitining ijtimoiy omili
. Uning miqdorining oʻzgarishi quyidagilar bilan qonunan rasmiylashtiriladi:
1) mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuziladi;
2) uning asosida buyruq chiqariladi
;
3) oʻzgarishlar хodimning F.T-2 shaхsiy kartasidagi ta’til boʻlimida qayd etiladi.