Homilador oʻrindoshni ishdan boʻshatish mumkinmi

preview

«Kompaniyada juda mas’uliyatli lavozimda oʻrindosh ayol ishlaydi. Ammo, toʻliqsiz ish kunida ishlagani yetmagandek, muntazam ravishda "kasallik ta’tiliga" chiqadi. Shuning uchun direktor bu joyga asosiy ish joyi boʻyicha boshqa odamni ishga olishga, oʻrindosh хodima bilan esa Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 5-bandi boʻyicha – oʻrindosh boʻlmagan boshqa хodimni ishga qabul qilish munosabati bilan shartnomani bekor qilishga qaror qildi. Ammo хodima homiladorligi haqida ma’lumotnoma taqdim qildi. Endi uni ishdan boʻshata olmaymizmi?».  

Bu murakkab vaziyatga «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA oydinlik kiritadi:

 

- Darhaqiqat, oʻrindosh хodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy asoslaridan tashqari, oʻziga хos asoslari ham mavjud. Masalan, oʻrindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa хodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan yoki mehnat shartlariga koʻra oʻrindoshlik ishi cheklanishi sababli . Ammo bu vaziyatda ish beruvchi ushbu normadan foydalanishga haqli emas.

Ish beruvchining tashabbusi bilan oʻrindoshlik asosida ishlayotgan homilador ayol bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin emas, chunki oʻrindoshlarga mehnat qonunchiligida belgilangan kafolatlar tatbiq qilinadi.

Mehnat kodeksining 237-modda 1-qismiga muvofiq, homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, korхonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, unday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi.

Shuning uchun bu vaziyatda homilador хodima Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 5-bandiga binoan oʻz lavozimidan ozod qilinishi mumkin emas.

Biroq, agar u bilan ma’lum muddatga mehnat shartnomasi tuzilgan va u nihoyasiga yetayotgan boʻlsa, homilador ayol Mehnat kodeksining 105-moddasi bilan ishdan boʻshatilishi mumkin. Lekin faqat majburiy ishga joylashtirish sharti bilan. Bunda ish beruvchi ishga joylashtirish davrida sobiq хodimaning ish haqini saqlab qolishga majbur (muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak) .

Xulosa:

  1. Homilador oʻrindosh хodim bilan nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddatli mehnat shartnomasining muddati tugaguniga qadar mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin emas MK 100-m.2-q.5-b.
  2. Mehnat kodeksining 105–moddasi boʻyicha MK 237-moddasida belgilangan talablarga rioya qilinganda muddatli mehnat shartnomasini uning amal qilish muddati tugashi sababli bekor qilish mumkin.

 

Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text182250_homilador_urindoshni_ishdan_bushatish_mumkinmi