Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Tashkilotga chet el fuqarosi ishga qabul qilingan. Ish beruvchi unga boshqa davlat tomonidan berilgan qogʻoz mehnat daftarchasini yurtishda davom etishga haqlimi?
– Yoʻq, haqli emas.
Oʻzbekistonda xorijiy davlatlarning qogʻoz mehnat daftarchalarini yuritish koʻzda tutilmagan. YaMMT tizimi joriy etilguniga qadar chet el fuqarosi respublikada belgilangan namunadagi mehnat daftarchasidan foydalanishi kerak edi
.
2020 yil boshidan buyon birinchi marotaba ishga kirayotganlar uchun qogʻoz mehnat daftarchalari yuritilmayapti. Yagona milliy mehnat tizimi ishga tushirildi, uning doirasida Oʻzbekistonda ishlayotgan shaxslarning fuqaroligidan qat’i nazar, elektron mehnat daftarchalari yaratilmoqda.
Agar chet ellik xodimga Oʻzbekistonda ishlashini tasdiqlovchi rasmiy hujjat kerak boʻlsa, u elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani tizimdan – mustaqil ravishda yoki sizning yordamingizda yuklab olishi mumkin.
Valeriya LYaNDRES
«Norma» eksperti