Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Xodim 0.5 stavkadan toʻliq stavkaga oʻtkazilmoqda. Bu jarayon qanday hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi, yangi mehnat shartnomasini tuzish kerakmi? Savolga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:
- Rasmiylashtirish tartibi xodim stavkasining oʻzgarishi sababiga bogʻliq.
Stavka ish beruvchining tashabbusi bilan yoki xodimning xohishiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
Yangi mehnat shartnomasini tuzish shart emas, amaldagisiga qoʻshimcha kelishuv tuzish kifoya. Ushbu kelishuv asosida – buyruq chiqarish, barcha buxgalteriya va kadrlar hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish (T-2 shaxsiy varaqasi, ish vaqtini hisobga olish tabeli va YaMMT) kerak.
Agar stavka ish beruvchining tashabbusi bilan oʻzgartirilsa
:
1. Xodimni boʻlajak stavka oʻzgarishi haqida kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantiring. Bu muddat faqat xodimning roziligi bilan qisqartirilishi mumkin.
2. Xodim qarshi boʻlsa, xodimga oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlab, u bilan mehnat shartnomasini bekor qilishingiz mumkin.
3. Agar xodim rozi boʻlsa, mehnat shartlari oʻzgarishini MKning 96-modda 7-qism talablariga muvofiq rasmiylashtiring.
Stavka xodimning xohishiga koʻra oʻzgarayotgan boʻlsa 
Agar xodim stavkani oʻzgartirmoqchi boʻlgan sabab qonunchilik va mehnat toʻgʻrisidagi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan boʻlsa, xodim buni (yozma ravishda) talab qilishga haqli va ish beruvchi bunday talabni qondirishi shart. Boshqa barcha hollarda xodim ish beruvchiga yozma shaklda murojaat qilishga haqli, ish beruvchi esa rozi boʻlish yoki rad etish huquqiga ega.
1. Xodimning mehnat shartlarini oʻzgartirish haqidagi arizasi berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.
2. Rad etilgan taqdirda, ish beruvchi unga rad etishning sababini yozma shaklda ma’lum qilishi kerak.
3. Agar rozi boʻlsangiz, mehnat shartlari oʻzgarishini MKning 96-modda 7-qismiga muvofiq rasmiylashtiring.