Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Tashkilotimiz tugatilmoqda. Tashqi oʻrindoshlik asosida 0,5 stavkada ishlagan ikkita xodim ularga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlashni soʻrashmoqda. Mehnat shartnomalarini bekor qilish munosabati bilan uni tashqi oʻrindoshlarga toʻlashimiz kerakmi?»
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Ha, bu vaziyatda tashqi oʻrindoshlar ishdan boʻshatish nafaqasini olishga haqli.
Agar mehnat shartnomalari ish beruvchining tashabbusi bilan, shu jumladan belgilangan tartibda korxona tugatilishi munosabati bilan bekor qilingan boʻlsa
tashqi oʻrindoshlik asosida ishlovchilarga ham asosiy xodimlar kabi oʻsha tartibda bir xil toʻlovlar toʻlanadi.
Bunda oʻrindoshlarga asosiy ish joyiga ega boʻlgani sababli ish qidirish uchun ikkinchi va uchinchi oylar uchun toʻlovlar toʻlanmaydi
.
Ushbu mavzu boʻyicha qoʻshimcha ma’lumotlarni quyidagi materiallardan olishingiz mumkin:
- Xodim allaqachon ish topgan boʻlsa, unga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanadimi;
- Ishdan boʻshayotgan xodim bilan hisob-kitob qilish tartibi.
Valeriya LYaNDRES
«Norma» eksperti