IMTQ yoʻqligi korxonaga qanday ta’sir koʻrsatadi

preview

Korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari yoʻqligining xavfi qanday? Buning uchun yuridik shaxs jazolanishi mumkinmi? Nima mavjud IMTQ bekor boʻlishiga olib keladi? Savollarga mehnat huquqi boʻyicha «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

– «Ichki mehnat tartibi qoidalari – xodimlarni qabul qilish va ishdan boʻshatish tartibini, korxonada mehnat qoidalari, qoʻllaniladigan ragʻbatlantirish va jazo choralari, shuningdek mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tashkilotlarda mehnat munosabatlarining boshqa masalalarini tartibga soluvchi mahalliy (ichki) me’yoriy hujjat (namunaviy qoidalarga qarang).

IMTQ Mehnat kodeksining majburiy mahalliy hujjatlariga kiradi va bu tekshirish paytida mehnat inspeksiyasi tomonidan talab qilinadigan hujjatlardan biridir. Bunda  nafaqat hujjatning mavjudligi, balki uning qanday rasmiylashtirilganligi, xodimlar u bilan tanishtirilgan-tanishtirilmaganligi tekshiriladi.

IMTQni qoʻllash bilan bogʻliq bir muhim jihat bor: agar kompaniyada ushbu hujjat boʻlmasa, xodimni oʻz mehnat  vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzgani uchun ishdan boʻshatish mumkin emas . Misol uchun, ishga spirtli ichimliklar ta’sirida kelish, progul va hokazo.

Xodimni bir marta sodir etgani uchun ishdan boʻshatish mumkin boʻlgan qoidabuzarliklar roʻyxati aynan  IMTQda boʻlishi kerak. Agar tashkilot bunday roʻyxatni, misol uchun, jamoa shartnomasiga kiritsa, Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 4-bandi boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilish noqonuniy hisoblanadi.  Xodimlarning ayrim toifalari bundan mustasno boʻlib, ularni ushbu asosda ishdan boʻshatish boshqa hujjatlarni qoʻllash orqali amalga oshiriladi: intizom toʻgʻrisidagi qoida va nizomlar (masalan, huquqni muhofaza qilish organlarida), korxona mulkdori va korxona rahbari oʻrtasidagi mehnat shartnomasi.

Mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 4-bandi boʻyicha bekor qilishning qonuniyligi IMTQni toʻgʻri rasmiylashtirishga bogʻliq.

IMTQni tasdiqlashdan oldin albatta ularni kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarining boshqa vakillik organi bilan muvofiqlashtiring .  Agar tashkilotda vakillik organi boʻlmasa va IMTQ kelishilmasdan tasdiqlangan boʻlsa, ular haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Xuddi shunday, agar vakillik organi boʻlsa, ammo kelishuv jarayonining oʻzi buzilsa, IMTQ haqiqiy emas deb hisoblanadi. Tegishincha, mehnat vazifalarini  qoʻpol tarzda muntazam buzgani uchun xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ham noqonuniy deb tan olinishi mumkin, chunki IMTQni rasmiylashtirish tartibi buzilgan. Bu ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruqning bekor qilinishiga va xodimni avvalgi ishiga tiklashga olib keladi».

Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari – kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat hujjatlarini mehnat bilan olib borish oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari, kadrlar hujjatlari, mehnat hujjatlari Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari. Kadrovik.uz saytidan Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari haqida maqolalar topiladi. Bu yerda kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish haqida foydali ma’lumotlar berilgan. Bu yerda Oʻzbekistonda mehnat hujjatlarini tuzish toʻgʻrisida ma’lumot berildi. Hamma mehnat shartnomalarini tuzish toʻgʻrisida /oz/publish/doc/text183539_imtq_yuqligi_korhonaga_qanday_tasir_kursatadi