Oʻrindosh xodimni ishdan boʻshatish

preview

«Ish beruvchi ish joyi asosiy boʻladigan xodimni qabul qilish uchun oʻrindosh xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qildi. Biroq, keyinchalik yana yangi oʻrindosh xodimni ishga qayta qabul qildi. Bu qonuniymi?».

kadrovik.uz ekspertlari ish beruvchi xatoga yoʻl qoʻygan deb hisoblaydi:

 

–  Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 5-bandiga muvofiq, oʻrindosh bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishining asoslaridan biri oʻrindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi sanaladi.  Agar boʻshagan lavozimga keyinchalik oʻrindosh xodim qabul qilinsa, oʻrindosh xodim bilan mehnat shartnomasini koʻrsatilgan asos boʻyicha bekor qilish noqonuniy hisoblanadi.

Ish beruvchi uchun buning oqibatlari

Bu vaziyatda ish beruvchi Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 5-bandi boʻyicha oʻrindosh xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish shartlarini buzgan. Agar oʻrindosh bilan mehnat shartnomasi yuqorida koʻrsatilgan asosga koʻra bekor qilingan boʻlsa, uning oʻrniga boshqa oʻrindosh ishga qabul qilingan holda yoxud boʻshagan lavozim boʻsh qolib ketsa (vakant), sud  mehnat munosabatlarining bekor qilinishini  

gʻayriqonuniy deb tan oladi . Ishdan boʻshatilgan xodim ish joyida tiklanishi kerak.

Bunday huquqbuzarlik uchun Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi boʻyicha mas’ul mansabdor shaxslar (rahbar yoki uning muovini) jarimaga tortilishi mumkin.

Shuningdpek, bu xato jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin. Jinoyat kodeksining 148-modda 1-qismiga koʻra, bila turib, gʻayriqonuniy ravishda ishdan boʻshatish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, BHMning yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha rahbarlik lavozimlarini egallash  huquqidan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi

Ish beruvchiga xodimni ish joyida tiklash va yetkazilgan zararni qoplash majburiyati yuklatiladi:

majburiy progul vaqti uchun haq toʻlash;

mehnat shartnomasi bekor qilinganligi ustidan shikoyat qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar (mutaxassislardan maslahat olish, ish yuritish uchun ketgan xarajatlar va boshqalar) uchun kompensatsiya toʻlash;

 ma’naviy zarar uchun kompensatsiya toʻlash, uning miqdori ish beruvchining xatti-harakatiga berilgan bahoni hisobga olib, sud tomonidan belgilanadi (lekin bu miqdor xodimning oylik ish haqidan kam boʻlishi mumkin emas) .

Ish sudgacha yetib bormagan boʻlsa, xato qanday tuzatiladi

1) Ishdan boʻshatilgan oʻrindosh xodimni sobiq ish joyida avvalgi lavozimiga tiklang.

2) Majburiy progul vaqti uchun haq toʻlang.

3) Kelgusida u ishdan boʻshatilganda, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy asoslariga (xodimning  ishga mos emasligi va hokazo) tayaning.

 

Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text183995_urindosh_hodimni_ishdan_bushatish