Mehnat shartlari oʻzgarsa, lavozim yoʻriqnomalari oʻzgartiriladimi

preview

«Kompaniya qayta tashkil etilmoqda. Qisman mehnat shartlari ham oʻzgaradi. Buni xodimlar bilan kelishish kerakmi?».

Kadrovik.uz tushuntiradi:

 

–  Chindan ham, ba’zan ish beruvchi ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshilash va xodimlardan oqilona foydalanish uchun xodimlarning mehnat sharoitlarini oʻzgartirishiga toʻgʻri keladi.

Eslatib oʻtamiz, Mehnat kodeksining 89-moddasiga koʻra, ish beruvchi xodimning roziligisiz mehnat shartlarini oʻzgartirishga faqat texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarganligi, basharti bunday oʻzgarishlar xodimlar soni yoki ishlar xususiyatining oʻzgarishiga olib kelishi oldindan aniq boʻlgan hollardagina haqlidir.

Tashkiliy va texnologik oʻzgarishlarni hujjatlashtiring.

 

«Mehnat shartlari»ga  nima kiradi

Bu –  xodimlaringiz ishlaydigan mehnat jarayonidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining jamlamasi.

Ijtimoiy omillarga quyidagilar kiradi:

  • mehnat haqi miqdori;
  •  ish vaqti davomiyligi;
  • ta’til muddati;
  • xodimlar va ularning oila a’zolari uchun boʻsh vaqtni tashkil etish, sanatoriylarga yoʻllanmalar va hokazo.

Bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq texnik, sanitariya, gigiyenaga oid, ishlab chiqarish-maishiy va boshqa shartlar ishlab chiqarish omillari deb hisoblanadi.

 

Mehnat shartlari oʻzgarganda xodimning lavozim yoʻriqnomasini ham oʻzgartirish mumkinmi

 Qoida tariqasida, lavozim yoʻriqnomasi lavozim (funksional) majburiyatlari, huquqlar, majburiyat va ushbu lavozimni egallagan xodimning kompaniyaning boshqa xodimlari yoki boʻlinmalari bilan oʻzaro munosabatining turli jihatlarini nazarda tutadi.

Yoʻriqnomada ish haqi miqdori, ish vaqti va ta’til muddati, texnika, sanitariya, gigiyenaga oid yoki maishiy ishlab chiqarish shartlari koʻrsatilmaydi. Bularning barchasi mehnat shartnomasi va korxonaning mahalliy hujjatlarida mavjud.

Qisqacha aytganda, lavozim yoʻriqnomasi xodimning mehnat faoliyatini tartibga soladi.  Mehnat faoliyatining oʻzgarishi esa mehnat shartlarining oʻzgarishi emas, balki faqat xodimning roziligi  bilan yoʻl qoʻyiladigan boshqa ishga oʻtishdir.

Shuning uchun, qoida tariqasida, agar xodimning mehnat faoliyati saqlanib qolsa, oʻzgarishlar esa faqat ish rejimi, ish haqi, ish vaqti va boshqalarga tegishli boʻlsa, lavozim yoʻriqnomasi oʻzgartirilmaydi.

Ammo, masalan, unda xodimning tarkibiy qayta tashkil etish paytida oʻzgargan  (mehnat funksiyalari oʻzgarmaganiga qaramay) rahbariyat va boshqa boʻlimlar bilan oʻzaro munosabatlari sxemasi aks etgan boʻlsa, xodimning roziligisiz tuzatish kiritish mumkin boʻladi. Ammo uni oʻzgarishlar bilan imzo qoʻydirib tanishtirish shart.

E’tibor bering

Agar mehnat shartlarini oʻzgartirish zarurati tugʻilsa, talablari ijro qilish uchun majburiy boʻlgan Mehnat kodeksining 89-moddasiga muvofiq qat’iy harakat qiling. Xususan, ish beruvchi mehnat shartlaridagi boʻlajak oʻzgarishlar haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirib tilxat olishi shart. 

Agar talablar bajarilgan boʻlsa, lavozim yoʻriqnomasida esa hali ham mehnat shartlariga havolalar mavjud boʻlsa, ular oʻzgartirilganda xodimning roziligisiz tuzatishlar kiritilishi mumkin.

 

 

Lenara XIKMATOVA

«Norma» eksperti

Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari – kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat hujjatlarini mehnat bilan olib borish oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari, kadrlar hujjatlari, mehnat hujjatlari Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari. Kadrovik.uz saytidan Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari haqida maqolalar topiladi. Bu yerda kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish haqida foydali ma’lumotlar berilgan. Bu yerda Oʻzbekistonda mehnat hujjatlarini tuzish toʻgʻrisida ma’lumot berildi. Hamma mehnat shartnomalarini tuzish toʻgʻrisida /oz/publish/doc/text184046_mehnat_shartlari_uzgarsa_lavozim_yuriqnomalari_uzgartiriladimi