Oʻz хohishiga koʻra boʻshashda ish vaqtida “ish qidirish” mumkinmi

preview

“Xodim oʻz хohishiga koʻra ishdan boʻshash uchun ariza berdi. Endi esa “qachon хohlasa, yangi ish joyi qidirish uchun ishga chiqmaslik huquqi”ni talab qilmoqda. Xodim 2 haftalik ogohlantirish muddati davomida ish vaqtida oʻziga yangi ish joyi qidirishga haqlimi?”.

Kadrovik.uz tushuntiradi:

 

-  Yoʻq, хodim nohaq.

Ogohlantirish muddati davomida yangi ish joyi qidirish uchun ishga chiqmaslik huquqi ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadigan хodimga beriladi (aybli хatti-harakatlar sodir etganligi munosabati bilan bekor qilishdan tashqari) . Buning uchun haftada kamida 1 kun ajratiladi. Aynan qaysi kunni ajratish masalasi – tomonlar kelishuviga binoan hal qilinadi (masalan, bu juma kuni boʻlishi mumkin).

Mazkur holda хodimning soʻroviga binoan boshqa ish qidirish uchun boʻsh kun taqdim etish – ish beruvchining toʻgʻridan-toʻgʻri majburiyati.

MKning 99-moddasi boʻyicha хodimning tashabbusi bilan ishdan boʻshatish bilan bogʻliq vaziyatda ham bu mumkin, biroq faqat ish beruvchi bilan kelishilgan holda.

MKning 99-moddasi 1-qismiga muvofiq хodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, 2 hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir.

Bunday ogohlantirishning maqsadi ish beruvchiga yangi хodimni qidirish, ishni topshirishni tashkil etish va hokazo imkoniyatni taqdim etish hisoblanadi. Shu bois oʻz хohishiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berilgan kundan boshlab barcha vaqt ogohlantirish muddatiga hisobga olinadi.

 

Agar хodim ishga chiqmasa yoki ish beruvchining roziligisiz ma’lum vaqtga chiqib ketsa

Buni “uzrli sabablarsiz progul” sifatida malakalash mumkin. Bu holda ish beruvchi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oʻz tashabbusiga koʻra хodim bilan mehnatga oid munosabatlarni bekor qilishga haqli.

Mehnat intizomini buzganligi uchun хodimni MKning 100-moddasi 2-qismining 3-4-bandlari boʻyicha ishdan boʻshatish mumkin.

 

Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text184152_uz_hohishiga_kura_bushashda_ish_vaqtida_ish_qidirish_mumkinmi