Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Ishlab chiqarish rahbari tikuvchilik sexiga borganda xodimalardan birining ishidan qoniqmadi va oʻzining qarori bilan uning razryadini 4-razryaddan 3-razryadga tushirdi. Bu qonuniymi? Xodimning razryadini kim belgilaydi?».
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Ishlab chiqarish rahbarining harakatlari noqonuniy. U xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yoki uning malakasi toʻgʻrisida yakka oʻzi qaror qabul qilishga va bu bilan uning ish haqini kamaytirishga vakolatli emas.
Malaka – bu xodimning ma’lum bir lavozim yoki kasbda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish qobiliyati, tayyorgarlik darajasi, mahoratidir. U toifa, mahorat, daraja va boshqa tushunchalar bilan belgilanadi.
Ishga qabul qilinayotgan shaxsning malakasi uning ma’lumoti, tayyorgarligi, u qabul qilinadigan lavozim (kasb) boʻyicha ish tajribasini tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Ishlab turgan xodimning malakasi uning egallab turgan lavozimiga muvofiqligini va ish natijalari uchun javobgarligini aniqlaydigan attestatsiya jarayonida belgilanadi. Uni oʻtkazish tartibi mehnat qonunchiligi va boshqa huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. Shu jumladan, xodimlarning vakillik organining fikrini hisobga olgan holda qabul qilingan mahalliy hujjatlar bilan.
Xodimning noloyiqligi quyidagilarni koʻrsatuvchi aniq hujjatlar (tekshiruv aktlari, bevosita rahbarining bildirish xati, hisobotlar, attestatsiya hujjatlari va boshqa) bilan tasdiqlanishi kerak:
- ishning past sifatini;
- yaroqsiz mahsulot chiqarayotgani;
- ish hajmini, ishlab chiqarish normasini va boshqalarni bajarmayotganligi.
Attestatsiya komissiyasining xulosasi xodimning malakasi yetarli emasligini tasdiqlovchi dalillardan biri sanaladi. Agar xodim sudga murojaat qilsa, sudya ularni ish yuzasidan boshqa dalillar yigʻindisi asosida baholaydi. Bunda sudlar attestatsiyani oʻtkazishda oʻrnatilgan tartibga rioya etilganligini tekshirmoqlari kerak
.
Demak, ish beruvchi xodimning malakasini faqat attestatsiya natijalari asosida baholashga haqli.
Ishlab chiqarish rahbari attestatsiya komissiyasining a’zosi boʻlishi mumkin, ammo bir oʻzi xodimlar malaka darajasini belgilaydigan mansabdor shaxs boʻla olmaydi.
Xatoni qanday tuzatish kerak
Ish beruvchi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
1) xodimning razryadi qanday tartibda pasaytirilgan boʻlsa, oʻsha tartibda tiklashi;
2) zarurat boʻlganda – xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish. Quyidagi tushuntirishda ushbu masala boʻyicha maslahatlar va harakatlar rejasini topasiz:
Nima uchun attestatsiyaning qoniqarsiz natijalarini intizomiy huquqbuzarlik sifatida malakalash mumkin emasligi haqida bu yerda oʻqing: