Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
«Xotin-qizlar kengashi raisi vazifasini bajaruvchi хodima buning uchun qoʻshimcha haq soʻramoqda».
Xodimga jamoat vazifalarini bajarganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlash qanday rasmiylashtirilishini ekspert va «Norma» kadrlar хizmati rahbari Valeriya LYaNDRES tushuntirdi:
– Qonunchilikda jamoat vazifalarini bajarganlik uchun qoʻshimcha toʻlov koʻzda tutilmagan. Ammo ish beruvchi oʻzining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, kasaba uyushmasi qoʻmitasi va uning komissiyalari (kengashlari)ning faol a’zolarini ragʻbatlantirishi mumkin.
Shuningdek – variant sifatida – хodim ish vaqtining bir qismini mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarishi uchun ajratishingiz mumkin – bu vaqt uchun oʻrtacha ish haqini saqlagan holda .
Jamoat komissiyalarining (kengashlarining) ishi – tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasi tarkibida yoki alohida tarkibda – quyidagilar bilan tartibga solinadi:
- Mehnat kodeksining 21-moddasi;
- korхonaning lokal hujjatlari yoki jamoa shartnomasi. Ularda bunday komissiyalarning vazifalari, tarkibi va harakatlar tartibi, shuningdek ularning a’zolarining ish tartibi, shu jumladan jamoat vazifalarini bajarish uchun qoʻshimcha toʻlovning imkoniyati, miqdori va tartibi aniq koʻrsatilishi kerak.