Oʻrindosh xodim asosiy ish joyidan boʻshatilsa

preview

«Xodim asosiy ish joyidan tashqari oʻrindoshlik asosida  ikkita joyda ishlaydi. U asosiy ish joyidan boʻshash niyatida. U ikkita boshqa ish beruvchida oʻrindoshlik asosida ishlashni davom ettirishi mumkinmi?  Bularning barchasi uning mehnat daftarchasidagi yozuvlarda qanday aks ettirilishi kerak?».

Savolga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:

 

– «Oʻrindosh» tushunchasining mazmunidan kelib chiqadiki, asosiy ish joyidan boʻshayotganda oʻrindoshlik asosidagi ishlardan biri xodim uchun asosiy ishga aylanishi kerak  .

Buning uchun xodim oʻz xohishiga koʻra ish beruvchilardan biriga uni asosiy ish joyi boʻyicha ishga oʻtkazish toʻgʻrisida iltimos bilan murojaat qilishi mumkin. U asos sifatida asosiy ish joyi boʻyicha mehnat shartnomasi bekor qilingani toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan mehnat daftarchasini taqdim etishi kerak.

Odatda, tashkilotning asosiy xodimi toʻliq stavkada ishlaydi,  oʻrindoshlar esa yarim stavkadan koʻp boʻlmagan ish bilan ta’minlanadi . Oʻrindosh xodimlarning ish tartibi ham asosiy ish joyi boʻyicha ishlaydigan xodimlarning ish tartibidan farq qiladi.

Xodim ish beruvchidan mehnat shartnomasi shartlaridagi barcha oʻzgarishlar (stavka miqdorining oʻzgarishi, ish haqining oshishi, ish vaqti tartibining oʻzgarishi) bilan uni toʻliq ish kuniga oʻtkazishni soʻrashi mumkin. Yoki – unga xuddi oʻsha mehnat shartlarini (toʻliqsiz ish vaqti, ish haqi va boshqalar) qoldirishni, lekin bunda uni asosiy xodim deb hisoblashni soʻrashi mumkin.

Qarorni ish beruvchi qabul qiladi.

Xodim asosiy xodimga aylanadigan tashkilot kelgusida oʻzining qogʻoz mehnat daftarchasini yuritishda davom etadi.

Barcha mehnat shartnomalari YaMMTda majburiy roʻyxatdan oʻtkazilishi munosabati bilan  oʻrindosh xodimning ishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar uning elektron mehnat daftarchasida avtomatik ravishda aks etadi.

Xodimni oʻrindoshlik asosidagi ishdan asosiy ishga oʻtkazish tartibi yoki aksincha ikkita variantni nazarda tutadi:

1) amaldagi mehnat shartnomasi bekor qilinadi, yangisi tuziladi – yangi shartlar asosida;

2) mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuzilib, unda mehnat shartnomasining oʻzgartirilayotgan  barcha shartlari  belgilanadi.

Tanlangan variantga qarab, YaMMTga ham oʻzgartirish kiritish kerak:

Birinchi holda, mehnat shartnomasi bekor qilingani toʻgʻrisidagi yozuvlar kiritiladi, soʻngra yangi shartlar bilan yangi mehnat shartnomasi roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Ikkinchisida – mehnat shartnomasiga «maqomi» («oʻrindosh» «asosiy»ga oʻzgartiriladi), stavka va ish haqi (agar ular oʻzgartiriladigan boʻlsa) qismida oʻzgartirishlar kiritiladi.

YaMMTga oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng, ular elektron mehnat daftarchasida avtomatik ravishda aks ettiriladi.


Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text184911_urindosh_hodim_asosiy_ish_joyidan_bushatilsa