Oʻrinbosarga rahbardan yuqori maosh belgilanishi mumkinmi

preview

«MChJ bosh direktorida asosiy faoliyat turi boʻyicha deyarli barcha ishlarni bajaradigan oʻrinbosar bor. Bosh direktor nazorat va tashkiliy masalalar uchun javobgarlikni saqlab qolgan. Ta’sischilar va direktor oʻrinbosar bosh direktordan yuqori maosh olishi kerakligi toʻgʻrisida kelishib oldilar. Mehnat haqi shtat jadvaliga muvofiq buyruq bilan tasdiqlanadi».

Bunday qaror qonuniymi va bu vaziyatda hamma narsani qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish kerakligini ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES tushuntirdi:

 

–  Qonunchilikda nodavlat tashkilotlar uchun rahbarlar va uning qoʻl ostida ishlovchilarning mehnat haqi oʻrtasidagi nisbatni belgilaydigan normalar mavjud emas. Shuning uchun koʻrib chiqilayotgan vaziyatdagi qaror qonunchilikka zid emas.

Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan oz boʻlishi mumkin emas va uning eng koʻp miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi .

Buxgalteriya boʻlimiga hisob-kitoblar uchun asos berish uchun mehnat haqi miqdorini mehnat shartnomasida belgilash va ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatib oʻtish kifoya. 

Shuningdek,  korxonaning ichki hujjatlarida ham xodimlarning mehnat haqi miqdorini tasdiqlashingiz mumkin.

 

Bu masala davlat tashkilotlarida qanday hal qilinishiga kadrovik.uz iltimosiga koʻra Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligʻi Aleksandr NAVOTNIY aniqlik kiritdi:

– Davlat tashkilotlarida tarif tizimi qoʻllaniladi. Bu – mehnat haqini bajarilayotgan ishning murakkabligi va mehnat shartlariga, shuningdek xodimning malakasiga qarab yagona mezonlar asosida farqlashga imkon beradigan normativlar toʻplamidir.

Tarif stavkasini hisoblashda razryad hisobga olinadi. U bajarilayotgan ishning murakkabligi va xodimning malaka darajasini koʻrsatadi.

Bosh direktorning razryadi, tegishincha tarif stavkasi direktor oʻrinbosariga qaraganda yuqori boʻladi. Ammo bunda har bir konkret holatda mehnat haqi masalasini oqilona va adolatli hal qilish uchun lavozim maoshiga turli xil ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar qoʻllanilishi mumkin. 

 

Oʻzbekistonda ish haqi - xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar, xodimlarga barcha turdagi toʻlovlar oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash turlari, oʻzbekistonda haq toʻlash shakllari, ish haqi va boshqa toʻlovlar Oʻzbekistonda xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar. Bu yerda siz Oʻzbekistondagi ish haqi va xodimlarga toʻlanadigan boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Tashkilotlarda turli xil toʻlovlar qanday amalga oshiriladi va kadrlar boʻlimi xodimi nimani bilishi kerak /oz/publish/doc/text185306_urinbosarga_rahbardan_yuqori_maosh_belgilanishi_mumkinmi