Yangi Mehnat kodeksi: ish va dam olish vaqti

preview
E’tibor bering
Matnda xato toʻgʻrilandi. Quyidagicha oʻqilsin:
Xodim tomonidan mehnat vazifalarini haqiqatda bajarish vaqtiga quyidagilar uchun sarflangan vaqt kirmasligi belgilandi:
- yashash joyidan doimiy ish joyiga (doimiy toʻplanish joyi) va ortga qaytish yoʻliga;
 - nazorat postidan ish joyigacha boʻlgan yoʻlga;
- ishdan oldin va ishdan keyin kiyim almashtirish uchun;
- ishdan chiqayotganda roʻyxatdan oʻtish uchun.

Bizni ish vaqti va dam olish vaqtini tartibga solishda  muhim yangiliklar kutmoqda. Yangi Mehnat kodeksiga koʻra ish vaqtiga nima kiritiladi, xodimlarni ularning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishlarga qachon jalb qilish mumkin, «ish vaqtining moslashuvchan rejimi» nimani nazarda tutishi va boshqa muhim masalalarni kadrovik.uz uchun maxsus yuridik fanlari nomzodi, Mehnat kodeksi mualliflaridan biri Mixail GASANOV va  «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA tushuntirishdi:

 

Ish vaqti

– Ish vaqtiga quyidagilar kiritiladi (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 181-m.):

  • xodim tomonidan mehnat vazifalarini haqiqiy bajarish vaqti;
  •  xodimning aybisiz turib qolish vaqti;
  • Texnologiya, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish natijasida yuzaga kelgan uzilishlar;
  • bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar;
  • asosiy va tayyorgarlik-yakuniy operatsiyalarni bajarish vaqti – naryad, materiallar, asboblarni qabul qilib olish, texnika, hujjatlar bilan tanishish, ish joyini tayyorlash va tozalash, tayyor mahsulotni yetkazib berish;
  • Mehnat kodeksida, shuningdek mehnat qonunchiligi va mehnatga oid boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa muddatlar.

 

Nogironligi boʻlgan shaxslar, voyaga yetmaganlar va noqulay mehnat sharoitida ishlaydiganlar kuniga necha soat ishlashlari mumkin (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 185-m.).

Amaldagi Mehnat kodeksida ish kuni maksimal davomiyligi faqat toʻliq ish kunida  ishlaydigan  xodimlar uchun belgilangan: 6 kunlik ish haftasida – 7 soat; 5 kunlik ish haftasida – 8 soat. Haftada jami – 40 soat (koʻpi bilan).

Endilikda qisqartirilgan ish vaqti belgilanganlar uchun ham ish kunining maksimal davomiyligi aniqlandi:

Xodimlar toifasi

 

Ish kunining maksimal davomiyligi


 

Ishni ta’lim bilan birga qoʻshib olib bormaydigan voyaga yetmaganlar

 

15 yoshdan 16 yoshgacha

  • 6 kunlik ish haftasida – 4 soat;
  • 5 kunlik ish haftasida – 5 soat

 

16 yoshdan 18 yoshgacha

  • 6 kunlik ish haftasida – 6 soat;
  • 5 kunlik ish haftasida – 7 soat 30 daqiqa

 

Oʻquv yili davomida ishni ta’lim bilan qoʻshib olib boruvchi umumta’lim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarining voyaga yetmagan oʻquvchilari

15 yoshdan 16 yoshgacha

  • 6 kunlik ish haftasida – 2 soat;
  • 5 kunlik ish haftasida – 2 soat 30 daqiqa

 

16 yoshdan 18 yoshgacha

  • 6 kunlik ish haftasida – 3 soat;
  • 5 kunlik ish haftasida – 4 soat

 

I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlar  

  • 6 kunlik ish haftasida – 6 soat;
  • 5 kunlik ish haftasida – 7 soat 30 daqiqa.

 

Kundalik ishning (smena) aniq davomiyligi  tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining (TIEK) tavsiyalariga muvofiq belgilanadi

Noqulay mehnat sharoitlarida ish bilan band boʻlgan xodimlar   

 

Bunday ishlarning roʻyxati va ular bajarilganda ish vaqtining aniq davomiyligi ish sharoitlari va uskunaning shikastlanish xavfiga qarab ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish asosida:

  • jamoa kelishuvlari yoki jamoa shartnomasiga muvofiq aniqlanadi.
    Agar ular tuzilmagan boʻlsa,
  • xodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan holda ish beruvchi tomonidan aniqlanadi
  • 6 kunlik ish haftasida – 6 soat;
  • 5 kunlik ish haftasida – 7  soat 30 daqiqa.

 

  • 6 kunlik 30 soatlik ish haftasida – 5 soat;
  • 5 kunlik  30 soatlik ish haftasida – 6 soat.

 

  • 6 kunlik 24 soatlik  ish haftasida – 4 soat;
  • 5  kunlik 24 soatlik ish haftasida – 5 soat

 

Toʻliqsiz  ish kuni  (10.28.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 186-m.).

Amaldagi va yangi tahrirdagi MKda ham toʻliqsiz ish vaqti quyidagilarga asosan belgilanadi:

1) tomonlarning kelishuvi boʻyicha;

2) xodimlarning ma’lum bir toifasining talabiga koʻra ish beruvchi tomonidan  majburiy ijro qilish uchun.

 

Tomonlarning kelishuvi boʻyicha toʻliqsiz ish kunini belgilash qismida qoʻshimcha tarzda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • toʻliqsiz ish kuni (smena) va (yoki) toʻliqsiz ish haftasi, shu jumladan ish kunini qismlarga boʻlish bilan belgilanishi mumkin;
  • toʻliqsiz ish vaqtini   muddatsiz ham, taraflar tomonidan kelishilgan har qanday muddat uchun ham belgilashga ruxsat beriladi.

    Xodimlar ayrim toifalarining talabi boʻyicha toʻliqsiz ish vaqtini belgilash qismida esa ularning roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritildi.  Hozir unga quyidagilar kiradi:

1) homilador ayollar;

2) 14 yoshgacha bolasi boʻlgan ayollar (16 yoshgacha nogiron bolasi boʻlgan), shu jumladan – uning qaramogʻida boʻlgan;

3) tibbiy xulosaga muvofiq betob oila a’zosiga gʻamxoʻrlik qiluvchi shaxslar.

Yangi Kodeksda 2-sonli pozitsiya tuzatildi. Endi bunday huquq otalarda ham paydo boʻladi. Yangi MKning 186-moddasi normasi bu qismda soʻzma-soʻz shunday boʻladi:

  • «Ish beruvchi 14 yoshga toʻlmagan bolaning (16 yoshga toʻlmagan nogiron bolaning) ota-onasidan birining (ota-onasini bosuvchi shaxsning) iltimosiga binoan toʻliqsiz ish vaqtini belgilashi shart».

Bu masalani bolaning otasiga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan band boʻlgan boshqa shaxslarga (ona bundan mustasno) mehnat sohasida qoʻshimcha kafolatlarni taqdim qiluvchi  yangi Mehnat kodeksining 410-moddasi aniqlashtiradi.  Toʻliqsiz ish kunini belgilash uchun bolaning otasi  ish beruvchiga bolaning onasi ushbu kafolatlardan foydalanmasligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. 

 

Bunday hujjat boʻlib:
 ish joyidan ma’lumotnoma;
 oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma;
 ona va oilaviy vazifalarni bajarish bilan band boʻlgan boshqa shaxsni ishga layoqatsiz deb tan olinishi yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi haqida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori va boshqalar boʻlishi mumkin.

Bunday hujjat boʻlib:

  • ish joyidan ma’lumotnoma;
  • oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma; 
  • ona va oilaviy vazifalarni bajarish bilan band boʻlgan boshqa shaxsni ishga layoqatsiz deb tan olinishi yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi haqida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori va boshqalar boʻlishi mumkin.

 

Yuqorida koʻrsatilgan shaxslar uchun toʻliqsiz ish vaqti ular uchun qulay boʻlgan, lekin imtiyozlar berish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar mavjud boʻlgan davrdan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi.

Toʻliqsiz ish kuni sharoitidagi aniq ish rejimi (ish kuni yoki smenaning davomiyligi, ishning boshlanish va tugash vaqti hamda tanaffuslar) ushbu ish beruvchida ishlab chiqarish (ish) sharoitlarini hisobga olgan holda xodimning xohishiga muvofiq belgilanadi. Shuningdek,  toʻliqsiz ish vaqti belgilanishini talab qilish huquqi, agar bu ular uchun TIEK tavsiyasida nazarda tutilgan boʻlsa, nogironligi boʻlgan shaxslarda ham paydo boʻlishi aniqlashtirilmoqda (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 424-m.).

 

Uzluksiz faoliyat koʻrsatadigan tashkilotlarda bayram arafasidagi kunda ishdan tashqari ishlash (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi tahrirdagi MK 187-m.).

Umumiy qoida boʻyicha ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida kundalik ish (smena) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Bu qoida oʻzgarishsiz qoldi. Bunda uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va bunday qisqartirish imkonsiz boʻlgan ayrim ish turlarida bu qanday tartibga solinishiga aniqlik kiritildi. U yerda ishdan tashqari ishlash qoʻshimcha dam olish vaqti yoki xodimning roziligi bilan – ishdan tashqari ish uchun normalar boʻyicha toʻlov bilan qoplanadi.

 

Ishdan tashqari ishga qachon majburan jalb qilish mumkin (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 189-m.).

Yangi MK xodimlarni ishdan tashqari ishlarga faqat ularning roziligi bilan jalb qilishga yoʻl qoʻyadigan  umumiy qoidani saqlab qoldi. Bunday rozilik yozma ravishda boʻlishi kerak.

Shu bilan birga, ushbu qoidadan istisnolar mavjud. Ish beruvchilarga ishchilarni ularning roziligisiz ishdan tashqari quyidagi ishlarga  jalb qilishga ruxsat beradigan norma paydo boʻldi:

  • butun aholining yoki uning bir qismining hayoti yoki normal yashash sharoitlariga xavf tugʻdiradigan tabiiy yoki texnogen falokat, sanoat avariyasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa, shuningdek yongʻin, toshqin, zilzila, epidemiya yoki epizootiya va boshqa istisno holatlarda ularning oldini olish yoki yoʻq qilish boʻyicha ishlarga;
  • markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va (yoki) drenaj tizimlari, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, yoritish, transport, aloqaning normal ishlashini buzadigan kutilmagan holatlarni bartaraf etish boʻyicha ijtimoiy zarur ishlarga;
  • smenachi ishga kelmay qolganda ishga, agar ish tanaffusga yoʻl qoʻymasa. Bunday holda ish beruvchi zudlik bilan smenachini boshqa xodim bilan almashtirish choralarini koʻrishi shart.
E’tibor bering
Ushbu roʻyxat toʻliq. Ushbu roʻyxatda koʻrsatilmagan boshqa hollarda xodimlarni ularning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

Shuningdek, Yangi Mehnat kodeksi  ish vaqtini hisobga olishning turli xillari – kunbay, haftalik, jamlab hisobga olishni qoʻllaganda ish vaqtidan tashqari ishlangan soatlarni hisoblash tartibini belgilab berdi (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 189-m.).

 

Ish beruvchi ish vaqtining qaysi rejimi va hisobini tanlashi mumkin (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi tahrirdagi MK 191-m. 28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi tahrirdagi MK 198-m).

Yangi Mehnat kodeksida ish vaqti rejimi va uni qanday belgilash, smenali ish, moslashuvchan ish vaqti, qismlarga boʻlingan ish kuni nima ekanligi tushuntirilgan. Rejimning har bir turiga alohida modda bagʻishlangan.

Koʻpgina tashkilotlar uchun qulay boʻlgan moslashuvchan ish vaqti rejimi – bu alohida xodimlar yoki xodimlar guruhlari ish kunining boshlanishi, tugashi va umumiy davomiyligini mustaqil ravishda tartibga sola olishidir. Bunda ular uchun hisobot davri (ish kuni, hafta, oy va boshqalar) belgilanadi, bu muddat davomida ular belgilangan ish soatlarining umumiy sonini toʻliq ishlab berishlari kerak.

Shuningdek, ish vaqtini hisobga olish tartibining oʻzi ham batafsil bayon etilgan. Ish beruvchi hisobot davridan kelib chiqqan holda uning 3 turidan birini tanlashi mumkin: kunlik, haftalik yoki jamlangan (hisobot davri 1 haftadan oshgan taqdirda).

Ish beruvchi xodimlarning ishga kelishi va ishdan chiqishini belgilangan shakldagi ish vaqtini hisobga olish tabelida va  boshqa hujjatlarda, shu jumladan elektron shaklda hisobga olishi shart.

E’tibor bering

Xodim tomonidan mehnat vazifalarini haqiqatda bajarish vaqti uning ishni bajarish uchun belgilangan joyga kelish vaqtidan va ushbu ish kunida (smenada) haqiqatda ishni tugatish vaqtigacha hisobga olinadi. Ushbu davrga quyidagi vaqt kiritilmaydi:

– yashash joyidan doimiy ish joyiga (doimiy yigʻimga) borish va ortga qaytish;

– nazorat punktidan ish joyiga boradigan yoʻlga;

– ishdan oldin va ishdan keyin kiyim almashtirishga;

– ketayotgan vaqtda roʻyxatdan oʻtishga.

 

Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus (10.28.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 204-m.).

     Hozirgi vaqtda ish vaqtiga kiritiladigan dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusning davomiyligi sira tartibga solinmagan. Yangi kodeks bu boʻshliqni bartaraf etdi. U kuchga kirishi bilan bunday tanaffus kamida 30 daqiqa va koʻpi bilan 2 soatni tashkil qiladi.

Bajarilayotgan ishning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xodimga 2 soatdan ortiq tanaffus nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunday holda ish kuni qismlarga boʻlingan deb tan olinadi (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 194-m.).

Tanaffusning aniq davomiyligi va uni taqdim qilish vaqti tomonlarning kelishuvi yoki tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.

Agar kundalik ishning (smena) davomiyligi 4 soatdan oshmasa, tanaffusni taqdim qilmasa ham boʻladi. Ammo ish vaqti 8 soatdan oshsa, xodimga ikki soatlik tanaffus berilishi kerak.

Muhim jihat: xodimlar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan oʻz xohishiga koʻra foydalanadilar va bu vaqtda ish joyini tark etishlari mumkin. Shuning uchun ish beruvchilar xodimlarning bu vaqtda  tashkilot hududidan chiqib ketishini taqiqlashga haqli emas. Ishlab chiqarish sharoitlari va oʻziga xos xususiyatiga koʻra xodimga tanaffus berishning imkoni boʻlmasa va ish joyida ovqatlanish hollari bundan mustasno.

 

Ish beruvchi ish kuni davomida qanday qoʻshimcha tanaffuslarni taqdim etishi shart (10.28.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 205-m.)

Bu:

  • texnologiya va ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish  yoki mehnat faoliyati turining oʻziga xos xususiyatlari, qonun hujjatlari, sanitariya normalari  va qoidalari yoki mehnat toʻgʻrisidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan tanaffuslar;
  • issiq yoki sovuq mavsumda ochiq havoda yoki yopiq sovutilmaydigan yoki isitilmaydigan xonalarda, shuningdek yuklash-tushirish ishlarida band boʻlganlar uchun maxsus tanaffuslar.

Ish beruvchi isitish yoki sovutish uskunalari bilan jihozlangan va xodimlarning dam olishi uchun yaroqli binolar bilan ta’minlashi shart. Bunday tanaffuslarni taqdim etish kerak boʻlgan ishlar roʻyxati, harorat koʻrsatkichlari, ushbu tanaffuslarning davriyligi va davomiyligi ish joylarini mehnat sharoitlari va uskunalarning shikastlanish xavfi boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish asosida aniqlanadi;

  • bolani ovqatlantirish uchun.

  

Bayram dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, xodimlar qanday dam olishadi

Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelsa, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi. Masalan, 2023 yil 1 oktyabr (Ustoz va murabbiylar kuni) yakshanba kuniga toʻgʻri keladi. Tegishincha, 2 oktyabr, dushanba kuni ham dam olish kuni boʻladi.

Bunda dam olish kunlari va bayramlardan oqilona foydalanish maqsadida dam olish kunlari Prezident farmoni bilan boshqa kunlarga koʻchirilishi mumkinligi belgilab qoʻyilgan.

 

Dam olish kunlari va bayram kunlarida ishga qanday jalb qilish kerak (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 210-m.)

Xodimning roziligisiz dam olish va bayram kunlari ishlashga jalb qilish mumkin boʻlgan 4 ta aniq vaziyat belgilab qoʻyildi:

1) butun aholining yoki uning qismining hayoti yoki normal yashash sharoitlariga xavf tugʻdiradigan tabiiy yoki texnogen falokatni, sanoat halokatini,  ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa, shuningdek yongʻin, suv toshqini, zilzila, epidemiya yoki epizootiya va boshqa istisno holatlarda oldini olish yoki yoʻq qilish uchun;

2) baxtsiz hodisalarning oldini olish;

3) markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va (yoki) drenaj tizimi, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, yoritish, transport, aloqaning normal ishlashini buzadigan kutilmagan holatlarni bartaraf etish boʻyicha ijtimoiy zarur ishlarni ishlab chiqarish;

4) ish beruvchining mulkini yoʻq qilish yoki zarar yetkazishning oldini olish.

E’tibor bering
Boshqa barcha holatlarda xodimlarni jamoa kelishuvlarida belgilangan ishlarni bajarish uchun dam olish kunlari va bayram kunlarida faqat ularning yozma roziligi bilan ishga jalb qilish mumkin. Agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi ishlar roʻyxatini xodimlarning vakillik organi bilan kelishadi.

Xodimlarni dam olish kuni yoki bayram kunida ishlashga jalb qilish ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Xodim ishga jalb qilishlariga roziligini tegishli ariza bilan yoki ish beruvchining oʻsha kuni ishlashga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi buyrugʻini imzolash orqali bildiradi.

Xodimni uning roziligisiz ishga chaqirganda, buyruqda ishga chaqirishga sabab boʻlgan yuqorida koʻrsatilgan 4 ta holatdan aniq istisno holat koʻrsatilishi kerak.

Oʻzbekistonning yangi Mehnat kodeksi boʻyicha vaziyatlar: Oʻzbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksi bilan bogʻliq javoblar va yechimlar oʻzbekistonning yangi mehnat kodeksi holatlari, yangi mehnat kodeksi holatlari, oʻzbekiston respublikasining yangi mehnat kodeksi holatlariga javoblar, yangilangan mehnat qonunchiligi holatlari. Oʻzbekistonning yangi Mehnat kodeksi boʻyicha holatlar. Oʻzbekiston Respublikasining Yangi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan muhim holatlar va qoidalarni koʻrib chiqish. Ishchilarning huquqlari, ish beruvchilarning majburiyatlari va mamlakatning yangilangan mehnat qonunchiligining boshqa asosiy jihatlari haqida tushuntirishlarni oʻz ichiga oladi. /oz/publish/doc/text185600_yangi_mehnat_kodeksi_ish_vaqti_va_dam_olish_vaqti