Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Prezident kasaba uyushmalari хodimlari va a’zolariga yoʻllagan murojaatida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni – 11 noyabrga bayram va tegishincha, dam olish kuni maqomini berish tashabbusini e’lon qildi. Ammo Oʻzbekistonda allaqachon yangi bayram kuni paydo boʻldi deb hisoblashga shoshilmang.
Kadrovik.uz nima uchunligini tushuntiradi:
Davlat rahbarining tashabbuslari doimo me’yoriy-huquqiy hujjat orqali amalga oshiriladi. Mazkur holda bu yangi Mehnat kodeksining 208-moddasiga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun boʻlishi kerak.
Bunday qonun qabul qilingunga qadar va 2023 yil 30 apreldan yangi MK kuchga kirgunga qadar – yuqorida qayd etilgan oʻzgartishlar bilan – Oʻzbekistonda hozir ham amaldagi MKning 131-moddasi normalari amal qiladi. U yerda esa noyabr oyida ishlanmaydigan bayram kunlari nazarda tutilmagan.
Sizni quyidagi nashrlar qiziqtirishi mumkin: