Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Yangi MK boʻyicha ba’zi hollarda mehnat shartnomasi oʻzgartirilishi mumkin. Shartnoma shartlarini oʻzaro kelishuv asosida ham, bir tomonlama tartibda ham tuzatish mumkin, asosiysi – oʻzgarishlarni toʻgʻri rasmiylashtirish.
Buni qanday amalga oshirish va xatosiz rasmiylashtirish mumkinligi haqida kadrovik.uz iltimosiga koʻra yangi MKni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh a’zolari – Aleksey NIYaZMETOV va Yuriy FEOKTISTOV tushuntirishdi:
– Mehnat shartnomasi shartlarini oʻzgartirish mumkin
. Quyidagilar bunga asos boʻlib xizmat qiladi:
- mehnat sharoitlarining, ish beruvchining yoki mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan ish joyining oʻzgarishi;
- vaqtincha xizmat safariga yuborish;
- xodimni boshqa ishga vaqtincha yoki doimiy oʻtkazish
.
Quyidagilar boʻyicha oʻzgartirishlar kiritish mumkin:
1. Oʻzaro rozilik boʻyicha. Bu haqda xodim ham, ish beruvchi ham soʻrashi mumkin. Taraflarning kelishuviga binoan mehnat shartnomasining majburiy va qoʻshimcha shartlariga bir yoki bir nechta oʻzgartirishlar kiritish mumkin. Misol uchun, agar xodimni boshqa ishga oʻtkazayotgan boʻlsangiz, nafaqat mehnat vazifasi, balki ish va dam olish vaqti, ish haqi va boshqa jihatlar ham oʻzgarishi mumkin.
2. Bir tomonlama tartibda. Istisno hollarda ish beruvchi bir tomonlama tartibda oʻzgartirishlar kiritishi mumkin
. Bunda amal qilinishi kerak boʻlgan bir qator cheklovlar va talablar mavjud. Masalan, xodimning mehnat vazifasini bir tomonlama tartibda oʻzgartirib boʻlmaydi. Oʻz navbatida xodim ham ayrim hollarda oʻzining ish shartlarini oʻzgartirishni talab qilishi mumkin.
Xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasi shartlarini oʻzgartirish
Xodim mehnat shartlarini oʻzgartirishni talab qilishga haqli
, lekin umumiy qoida boʻyicha oʻzgartirishlar faqat ish beruvchining roziligi bilan kiritilishi mumkin.
Biroq, masalan, xodim vaqtincha yengilroq ishga oʻtishi kerak boʻlganda va bu tibbiy xulosada qayd etilgan boʻlsa, uning iltimosini rad etib boʻlmaydi.
Xodimning mehnat shartlarini oʻzgartirish haqidagi arizasi u berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay koʻrib chiqilishi kerak.
Oʻzgartirish rad etilgan taqdirda, xodimga bu haqda rad etishning sababini koʻrsatib, yozma shaklda xabar qiling.
Ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi shartlarini bir tomonlama oʻzgartirish
Agar korxonada tashkiliy yoki texnologik mehnat shartlari oʻzgarayotgan boʻlsa, ish beruvchi xodimning roziligisiz mehnat shartlarini oʻzgartirishi mumkin
. Ta’kidlash kerakki, mehnat shartnomasi shartlarini bir tomonlama tartibda oʻzgartirish oson emas.
Ish beruvchi oʻzgarishlar haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma shaklda, imzo qoʻydirib ogohlantirishi shart.
Mehnat shartnomasini oʻzgartirish qonuniy boʻlishi uchun 5 ta muhim shart:
1. Ish beruvchi oldingi mehnat shartlarini saqlab qolomaydi.
2. Shartnoma shartlarini tuzatish – bu texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi natijasi.
3. Xodimning mehnat vazifasi oʻzgarmaydi.
4. Oʻzgarishlar jamoa shartnomasi yoki jamoa kelishuvi shartlariga nisbatan xodimning holatini yomonlashtirmaydi.
5. Oʻzgarishlar qat’iy ravishda MKga muvofiq amalga oshiriladi.
Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini oʻzgartirishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan xatolar:
|
Vaziyat |
Xato |
Qanday toʻgʻri |
|
Tashkilot kelishuvlar nimaga oʻzgarayotganini tushuntirmaydi yoki moliyaviy qiyinchiliklarni roʻkach qiladi |
1) Oʻzgarishlar sababi MKda belgilangan yoʻl qoʻyiladigan asoslar sirasiga kirmaydi; 2) xodimga mehnat shartnomasi shartlari oʻzgarishi sabablari tushuntirilmagan |
Mehnat shartnomasi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi natijasida oʻzgarayotganiga ishonch hosil qiling. Agar unday boʻlmasa, shartnoma shartlarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi |
|
Kunlarning birida xodimga oʻzgarishlar haqida xabar berishadi. Agar u yangi shartlarda ishlashni rad etsa, ishdan boʻshatishadi |
Xodimni oʻzgarishlar haqida oldindan ogohlantirishmagan |
Oʻzgarishlar haqida oldindan xabar bering– kamida 2 oy avval |
|
Ish beruvchi xodimning mehnat majburiyatlarini sezilarli tarzda qisqartirdi va ish haqini kamaytirdi |
Majburiyatlarni oʻzgartirish niqobi ostida haqiqatda ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat vazifasini oʻzgartirishmoqda |
Mehnat vazifasini faqat xodimning roziligi bilan oʻzgartirish mumkin |
Mehnat shartnomasi oʻzgarishi qaysi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi kerak:
Oʻzgarishlar hujjatlashtirilishi uchun:
1. Ish beruvchi faqat mehnat shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi (agar oʻzgarishlar vaqtinchalik boʻlsa);
2. Taraflar mehnat shartnomasiga qoʻshimcha yozma kelishuv rasmiylashtiradilar (2 nusxada – taraflarning har biri uchun bittadan) va ish beruvchi qoʻshimcha kelishuv asosida buyruq chiqaradi. Bunday hujjatlarning namunaviy shakli mavjud emas, shuning uchun tashkilot ularni mustaqil ravishda ishlab chiqishi mumkin.
Mehnat shartlari oʻzgarishi haqidagi buyruqni qoʻshimcha kelishuvning mazmuniga mos tarzda chiqaring va uni xodimga imzo ostida e’lon qiling.
Qoʻshimcha bilimlarni qayerdan olish mumkin
Mavzu – keng, uning barcha oʻziga xos jihatlari va nozik tomonlarini bitta maqolada keltirish imkonsiz. Ammo buni «Yangi MK: nazariyadan amaliyotgacha» kursida amalga oshirish mumkin. Sizni roʻyxatdan oʻtishga taklif qilamiz!
Uning mualliflari – Aleksey NIYaZMETOV va Yuriy FEOKTISTOV sizga quyidagilar haqida batafsil ma’lumot berishadi:
- boshqa ishga vaqtinchalik va doimiy oʻtishni qanday rasmiylashtirish kerak;
- buni xodimning roziligisiz qachon va qanday amalga oshirish mumkin;
- barcha qoidalar boʻyicha vaqtincha xizmat safariga yuborishni qanday rasmiylashtirish kerak;
- sizning kadrlar tartib-taomili sud jarayoni bilan tugamasligi uchun nimaga alohida e’tibor qaratish kerak.
Kadrovik Academy saytida kurs dasturi bilan tanishish va unga yozilish mumkin.